1 laboratoriya ishi. Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblar bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar va kimyoviy laboratoriyalarda ishlash texnika xavfsizligi qoidalari


 Kimyoviy asbob - anjomlar va idishlar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#228952
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 - laboratoriya ishi

1.5. Kimyoviy asbob - anjomlar va idishlar. 

 

Ishning  maqsadi:  kimyoviy  idishlar,  ularning  turlari,  ishlatilishi  to‘g‘risida 

tasavvurga ega bo‘lish va ularning ishlatilishini amaliyotda sinab ko‘rish.    

Reaktivlar:  distillangan  suv,  xlorid  kislota  (rangsiz  eritma),  o‘yuvchi  natriy 

(rangsiz eritma), ohakli suv (rangsiz eritma), kalsiy karbonat (marmar tosh).  



Asbob  -  uskunalar:  probirkalar,  shisha  stakanlar,  shisha  plastinkalar,  metall 

qoshiqcha,  qisqich,  Shuster  tomizg‘ichi,  kolbalar,  voronkalar,  byuks,  soat  oynasi, 

suvli  sovitgich,  shisha  vanna,  kristallizator,  allonj,  eksikator,  chinni  kosacha, 

qopqoqli  chinni  tigel,  chinni  nayli  simli  uchburchak,  chinni  hovoncha  dastasi  bilan, 

laboratoriya shtativi, asbest setkasi, o‘lchov silindri,  menzurkalar, pipetkalar. 

 

Shisha  idishlarga  qo‘yiladigan  asosiy  talab  ularning  kimyoviy  va  termik 



barqarorligidir.  

Kimyoviy  barqarorlik  shishaning  ishqor,  kislota  va  boshqa  moddalar 

eritmalarining parchalash ta’siriga qarshi tura olish xossasidir. 

Termik barqarorlik idishning haroratning tez o‘zgarishiga chidamliligidir.  

Eng yaxshi shisha pireks hisoblanadi. U kimyoviy va termik barqarorlikka ega, 

uning  kengayish  koeffisienti  kichik.  Pireks  shishasida  80  %  kremniy  (IV)  -  oksidi 

bor.  Uning  erish  harorati  +  620 

o

C.  Bundan  yuqori  haroratlarda  tajriba  olib  borish 



uchun  kvars  shishasidan  yasalgan  idishlardan  foydalaniladi.  Kvars  shisha  tarkibida 

99,95 % kremniy (IV) - oksid bo‘lib, + 1650 

o

Cda eriydi. 




Laboratoriya  idishlari  asosan  TB  (termik  barqaror),  KB-1  va  KB-2  (kimyoviy 

barqaror) markali shishalardan tayyorlanadi. 

1.5.2-1.5.15-  rasmlarda  laboratoriya  amaliyotida  qo‘llaniladigan  shisha  idishlar 

keltirilgan.  

Oddiy  va  kalibrovka  qilingan  probirkalar  oz  miqdordagi  reaktivlar  bilan 

ishlashda  qo‘llaniladi.  Reaktivning  egallagan  hajmi  probirka  hajmining  yarmidan 

ortmasligi kerak(1.5.2-rasm). 

Laboratoriya  stakanlari  turli  o‘lchamlarda  chiqariladi  (burunli  yoki  burunsiz, 

oddiy yoki o‘lchamli belgilari bilan). Stakanlar turli laboratoriya ishlarini bajarishga 

mo‘ljallangan (1.5.3-rasm). 

 

 

 



1.2-rasm. Probirkalar: 

 a - oddiy;    b- kalibrovka 

qilingan. 

1.3-rasm. Kimyoviy stakanlar: a - burunchali; 

                  b - burunchasiz; v - kalibrovka qilingan. 

 

Laboratoriya amaliyotlarida turli o‘lcham va shakldagi kolbalar keng qo‘lla- 



niladi (tubi yassi, tubi yumaloq va konussimon) (1.4-rasm). 

 

Vyurs  kolbasi  60-80



o

  burchakda  egilgan  shisha  nayli  tubi  yumaloq  kolba  (1.5-

rasm). Undan gaz olishda, atmosfera bosimida suyuqliklarni haydashda foydalaniladi. 

Retorta  (1.6-rasm)  turli  preparat  ishlarini  bajarishda  qo‘llanadi  (HNO

3

  olishda 



va boshqalar). 

 

1.4-rasm. Kolbalar: yumaloq tubli sayqalsiz; yumaloq tubli sayqallangan;    



yassi tubli sayqalsiz; yassi tubli sayqallangan. 


 

 

1.5-rasm.  Vyurs kolbasi. 



1.6-rasm. Retortalar. 

 

Voronkalar  (1.5.7-rasm).  Kimyoviy  suyuqliklarni  filtrlashda,  bir  idishdan 



ikkinchi  idishga  quyishda;  tomchilatgich  voronkalar  reaksion  muhitga  suyuq 

reaktivlarni oz-oz miqdorda qo‘shishda; ajratkich voronkalar o‘zaro aralashmaydigan 

suyuqliklarni ajratishda ishlatiladi. 

 

 



 

 

1.7-rasm.Voronkalar: a - kimyoviy; b - tomizgich; v - ajratkich. 



 

Tomizgichlar reaktivlarni tomchilatib qo‘shishda ishlatiladi (1.5.8-rasm). 

Byukslar suyuq va qattiq moddalarni tortish va saqlashda ishlatiladi (1.5.9-

rasm). 


 

 

1.8-rasm.  Tomizgichlar. 



1.9-rasm.  Byuks. 

Soat oynasi qattiq moddalarni tortish uchun ishlatiladi (1.10-rasm). 




Sovitgichlar turli moddalarni qizdirganda hosil bo‘lgan parlarni sovitish va 

kondensatlash uchun ishlatiladigan asboblardir (1.11-rasm). 

Shisha vannalar gazlarni suv ostida yig‘ish uchun ishlatiladi (1.12-rasm). 

 

 



 

 

1.10-rasm. Soat    



                oynasi. 

1.11-rasm. Sovitgichlar. 

1.12-rasm. Shisha    

                vanna. 

 

Kristallizatorlar  (1.13-rasm)  eritmalardan  moddaning  kristallarini  ajratib  olish 



uchun ishlatiladi. 

Alonjlar (1.14-rasm) moddalarni haydashda ishlatiladigan qurilma elementlarini 

birlashtirishda ishlatiladi. 

Eksikatorlar  (1.15-rasm)  havodan  namlikni  oson  yutuvchi  moddalarni  quritish 

va  saqlashda  ishlatiladi.  Eksikatorning  pastki  qismini  suvni  yutib  oluvchi  modda 

bilan to‘ldiriladi (kuydirilgan kalsiy xlorid, konsentrlangan sulfat kislota, fosfor (V) - 

oksid),  yuqori  qismiga  esa  byuks  yoki  tigellarda  quritilishi  lozim  bo‘lgan  moddalar 

qo‘yiladi. 

 

 

 



 

1.13-rasm. Kristallizator. 

1.14-rasm. Allonj. 

1.15-rasm. Eksikator. 

 

Shisha  idishlarga  nisbatan  chinni  idishlar  issiqlikka,  kislota  va  ishqorlarning 



ta’siriga chidamliroq bo‘ladi. Chinni idishlar ham o‘z shakli va qo‘llanilishiga ko‘ra 

turli-tumandir. 

Chinni kosacha eritmalarni bug‘latishda ishlatiladi (1.16-rasm). 

Chinni  tigellar  moddalarni  qattiq  qizdirish  uchun  qo‘llaniladi  (1.17-rasm). 

Qizdirilayotgan chinni tigellar chinni nay kiygazilgan uchburchakli simga o‘rnatiladi 

(1.18-rasm). 




Chinni  hovoncha  qattiq  moddalarni  maydalash  uchun  ishlatiladi.  Ishlashdan 

oldin  hovoncha  yaxshilab  yuvilishi  va  quritilishi  kerak  (1.19  -  rasm).  Modda 

hovonchaning  1/3  hajmigacha  solinadi  (aks  holda  maydalanish  vaqtida  sochilib 

ketishi  mumkin).  Hovonchada  qattiq  moddani  eritish  kerak  bo‘lsa,  avval  qattiq 

modda solinadi so‘ngra oz-ozdan suyuqlik quyiladi. Suyuqlikning hammasi birdaniga 

solinmaydi, balki, 1/3 qismini olib qolib, u bilan hovoncha va dastasining uchi yuvib 

tushiriladi. 

 

 



 

1.16-rasm. Chinni kosacha. 

1.17-rasm. Qopqoqli chinni tigel. 

 

 



1.18-rasm. Chinni nayli simli        

                     uchburchak. 

1.19-rasm. Chinni hovoncha dastasi 

                    bilan. 

 

Plastmassa  idishlar.  Laboratoriyada  polimer  materiallaridan  tayyorlangan 



idishlar  ishlatiladi  (polietilen,  polipropilen,  ftoroplast  va  boshqalar).  Kimyoviy 

barqaror  bo‘lishiga  qaramay,  ular  issiqlikka  chidamsizdir.  Shuning  uchun  ular 

qizdirish  kerak  bo‘lmagan  hollarda  ishlatiladi.  Polietilendan  voronkalar,  yuvgichlar, 

tomchilatgichlar, flakonlar, bankalar (kimyoviy reaktivlarni tashish va saqlash uchun) 

tayyorlanadi. 

Ish vaqtida idishlarni mahkamlash uchun temir shtativlar ishlatiladi (1.20-rasm). 

Shisha  idishlar  (stakanlar,  kolbalar)  qizdirilayotganda  sinmasligi  uchun  asbest  bilan 

qoplangan metall to‘r ustiga o‘rnatiladi (1.21-rasm). 

 

 

 



 

 

 



 


 

1.20-rasm. Laboratoriya shtativi: 

1 - panja; 2 - yumaloq panja. 

 

 



 

 

 



1.21-rasm. Asbest to‘ri. 

 

Iflos  zarrachalar  tushmasligi  uchun  qizdirilayotgan  stakan  ustini  soat  shishasi 



yoki voronka bilan (22-rasm) berkitiladi. Chinni idishlar va tigellar, shisha retorta va 

probirkalar to‘rsiz qizdirilaveradi. Qizdirish vaqtida shisha retorta va probirkalarning 

tagiga astalik bilan gorelkaning alangasi tekkiziladi. Qisqa vaqt davomida qizdirishda 

probirka qo‘lda yoki qisqichda alanga ustida ushlanadi (23-rasm). 

 

 

 



1.22-rasm. Suyuqliklarni 

qizdirish (1) va parlatish (2). 

 

 

1.23-rasm. Qisqich. 



 

Qattiq  qizdirilganda  shisha  idishlarni  stolning  sovuq  yoki  nam  joyiga,  temir 

shtativga birdaniga qo‘yish mumkin emas. Ammo qaynab turgan suvli yoki eritmali 

idishni  sovuq  suvga  qo‘yish  yoki  krandan  tushayotgan  suv  ostida  sovitish  mumkin, 

lekin  idish  ichidagi  suyuqlikka  suv  tushmasligi  kerak.  Suyuqlikni  probirkada 

qizdirishda  faqatgina  idishning  tagidan  yoki  suyuqlikning  tepasidan  qizdirish 

mumkin  emas.  Chunki,  birinchi  holda  suyuqlik  sachrab  ketishi,  ikkinchi  holda 

probirka  sinishi  mumkin.  Probirkani  suyuqlik  bilan  to‘ldirilgan  qismini  bir  tekis 

qizdirish kerak. 



O‘lchov  idishlar.  Suyuqliklarning  hajmini  o‘lchash  uchun  o‘lchov  idishlardan 

foydalaniladi: o‘lchov kolbalar, silindrlar, menzurkalar, pipetkalar. 

O‘lchov  kolbalar  aniq  konsentrasiyali  eritmalar  tayyorlash  uchun  ishlatiladi 

(1.24-rasm).  U  yassi  tubli,  uzun  bo‘yinli  kolba  bo‘lib,  yupqa  chiziqli  aylana  bilan 

belgilangan.  Aylana  suvning  qancha  quyish  miqdorini  ko‘rsatadi.  Kolbadagi 

qiymatlar  necha  ml  suyuqlikka  mo‘ljallanganligini  ko‘rsatadi.  O‘lchov  kolbalarda 

yedirilgan  qopqoqlari  bo‘ladi.  Odatda  ular  50,  100,  250,  500  va  1000  ml  ga 

mo‘ljallangan bo‘ladi. 

 

 

 



1.24-rasm.O‘lchov kolbalar. 

1.25-rasm. O‘lchov silindr. 

 

 

1.26-rasm. Menzurkalar. 



1.27-rasm. Pipetkalar: a - oddiy;  

b – belgili. 

 

O‘lchov  silindrlar  qalin  devorli  shisha  idishlardan  iborat  bo‘lib,  mustahkam 



turishi  uchun  keng  tubga  ega  (1.25-rasm).  Tashqarisidan  hajmni  ml  da  ko‘rsatuvchi 

chiziqlari  bor.  O‘lchov  silindrlar  turli  xil  hajmga  ega:  10  ml  dan  2  l  gacha.  Ular 

(ma’lum  xatolikka  yo‘l  qo‘yilgan  holda)  har  xil  hajmdagi  suyuqliklarni  o‘lchashga 

mo‘ljallangan.  Silindr  o‘rniga  ba’zi  hollarda  menzurkalar  qo‘llaniladi  (1.26-rasm). 

Ular  konussimon  shaklli  idishlar  bo‘lib,  devorlarida  bo‘linmalari  bor.  Ular  ham 

o‘lchov silindrlar kabi qo‘llaniladi. 

Aniq  hajmdagi  suyuqliklarni  olish  uchun  pipetkalardan  foydalaniladi  (1.27-

rasm).  Ular  diametrlari  katta  bo‘lmagan,  o‘rtasi  kengaygan  shisha  naylardan  iborat 

bo‘lib, pastki uchi cho‘zilgan (shu joyda ichki diametri 1 mm bo‘ladi). Tepa qismida 

chiziqli  belgi  bo‘lib,  u  suyuqlikni  qayergacha  quyish  lozimligini  ko‘rsatadi. 

Pipetkalar 1 dan 100 ml gacha hajmda bo‘ladi. Turli hajmdagi suyuqliklarni o‘lchash 

uchun hajmlari belgilangan (graudirlangan) pipetkalar qo‘llaniladi (1.27-rasm). 

Ko‘pgina  kimyoviy  jarayonlar  qizdirish  yo‘li  bilan  tezlashtiriladi.  O‘rganilishi 

lozim bo‘lgan jarayon tavfisiga ko‘ra va laboratoriyada mavjud bo‘lgan jihozlarning 




mavjudligiga ko‘ra qizdirishda gorelkalar (spirtli, benzinli, gaz), hammomlar hamda 

elektr asboblari – pechlar va elektr plitalar qo‘llaniladi. 

Gaz gorelkasi (Teklyu): 1 - asos; 2 - gaz trubkasi; 3 - havo kelishini boshqa 

ruvchi disk; 4 - gaz kelishini boshqaruvchi ventil  (1.28-rasm). 

 

 

1.28-rasm. Gaz gorelkasi (Teklyu): 1 - asos; 2 – gaz trubkasi; 3 - havo  



                    kelishini boshqaruvchi disk; 4 - gaz kelishini boshqaruvchi ventil. 

 

Laboratoriyada ba’zan spirt yoki gaz gorelkasi alangasida olinadigan haroratdan 



yuqoriroq haroratdan foydalanish talab etiladi. Bunday hollarda kavshar (payalnaya) 

gorelkasidan (1.29-rasm) foydalaniladi. 

Kavshar gorelkalari odatdagi gorelkalardan shu bilan farq qiladiki, uning pastki 

qismida  2  ta  kranli  trubka  bo‘ladi.  Ularning  biri  orqali  havo,  ikkinchisi  orqali  gaz 

keltiriladi. Gorelka  yoqilganida  gaz  krani (2) ochiladi va gaz  yoqiladi, so‘ngra  asta-

sekin  havo  beriladi.  Gaz  va  havoning  kelishini  taqsimlab  kerakli  harorat  va  alanga 

hosil qilinadi. 

Yodingizda bo‘lsin!!! Tabiiy gaz-zaharli; gaz chiqishiga yo‘l qo‘ymang. 

Gorelka ishlatilmayotganda gaz kranlari qattiq berkitilishi kerak. Tabiiy gazning 

ba’zi komponentlari hidli bo‘ladi va gaz chiqayotganini shundan bilish hamda kerakli 

choralarni ko‘rish mumkin. 

 

 



1.29-rasm. Kavshar gorelkasi: 1-havo keltiruvchi trubka;  

                      2-gaz keltiruvchi trubka. 



 

Hammomlar. 100-300 

o

Cda uzoq vaqt qizdirish uchun hammomlar qo‘llaniladi: 



suvli,  qumli  va  boshqalar.  Suv  hammomi  metall  idishidan  iborat  bo‘lib,  turli 

diametrdagi  metall  halqalaridan  iborat  qopqoq  bilan  berkitiladi.  Suv  hammomidan 




foydalanilganida  uning  2/3  hajmi  suv  bilan  to‘ldiriladi,  uch  oyoqqa  qo‘yib 

qaynaguncha  qizdiriladi.  Suv  to‘la  qaynamasligini  nazorat  qilib  turish  kerak. 

Yuqoriroq  haroratni  hosil  qilish  uchun  suv  o‘rniga  yog‘  yoki  birorta  tuzning 

kontsentrlangan  eritmasidan  foydalaniladi  (NaCl,  CaCl

2

  va  boshqalar).  Qum 



hammomi laboratoriyada asta-sekin qizdirish uchun qo‘llaniladi. Uning uchun metall 

idishga  toza  qum  solinadi  (organik  aralashmalardan  kuydurib  tozalangan)  va  suv 

hammomi  gaz  gorelkasi  alangasida  qizdiriladi.  Elektr  toki  yordamida  ham  qizdirish 

mumkin (1.30-rasm). 




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling