1 laboratoriya ishi. Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblar bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar va kimyoviy laboratoriyalarda ishlash texnika xavfsizligi qoidalari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1 - laboratoriya ishi
1.2. Asosiy qoidalar
Kimyoviy laboratoriyada ishlashda amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalar: Asosiy qoida - kimyo laboratoriyasidagi barcha tajribalarni oq xalat kiygan holda bajarish; 1. Ishning asosiy maqsadi aniq bo‘lmasdan, tajribani o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan idishlar, asbob- uskunalar, reaktivlar tayyor bo‘lmasdan tajribani boshlamaslik; 2. Tajribani o‘tkazishda ko‘rsatilgan tartib va ketma-ketlikni aniq bajarish; 3. Ayni tajriba uchun ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilish; 4. Ayni laboratoriya ishlari uchun tayyorlangan reaktivlardangina foydalanish. Umumiy qo‘llanadigan reaktivlarni, konsentrlangan kislota va ishqorlarni ish 5. Reaktivlarni ishlatishdan oldin uni ayni tajriba uchun ishlatish mumkinligini idishdagi yozuvga qarab aniqlash; agar idishda yozuv bo‘lmasa o‘qitivchining ruxsatisiz ishlatmaslik; 6. Ayni tajriba uchun reaktiv miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa undan imkoniyati boricha kamroq ishlatish; 7. Ortiqcha olingan reaktivni qaytarib o‘z idishiga quymaslik va uning uchun ajratilgan maxsus idishga quyish; 8. Reaktiv olingan zahotiyoq uning idishining qopqog‘ini yopib, o‘z o‘rniga qo‘yish; 9. Quruq reaktivlarni forfor, metall yoki shisha qoshiqchalarda olish va ishlatilgandan so‘ng qoshiqchalarni filtr qog‘oz bilan tozalab qo‘yish; 10. Agar reaktiv pipetka yordamida olingan bo‘lsa, uni boshqa ishdishdagi reaktivni 11. Laboratoriya ishini bajarishda tinchlik va tartibni saqlash; 12. Tajribaning sodir bo‘lishini va barcha o‘zgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatish; kuzatilgan tajriba natijalarini va reaksiya tenglamalarini tajriba tugashi bilanoq laboratoriya daftariga yozib qo‘yish; 13. Laboratoriya daftarida ish o‘tkazilgan kun, mavzuning nomi, tajribaning nomi, uning qisqacha mazmuni, asbob - uskunaning sxemasi yoki rasmi, kuzatish natijalari, reaksiya tenglamalari, hisoblashlar va xulosalar ko‘rsatilishi kerak;
14. Laboratoriya ishi tugagandan so‘ng talaba ishlatgan kimyoviy idishlarini yuvib, ish joyini tartibga solib, laborantga topshirishi kerak.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling