bo‘ladi. Kuyganga qarshi suyuqlik bilan (dori qutidan) paxtani namlab kuygan
joyga qo‘yish ham mumkin va tezda shifokorga murojaat qilish kerak. Kuchli
kuyganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
2. Agar yuzga yoki qo‘lga kislota sachrasa, darhol suv bilan, so‘ng choy sodasining
suyultirilgan eritmasi bilan yuvish kerak. Ishqor to‘kilganda esa silliqligi yo‘qol-
guncha suv bilan, so‘ngra 2 % li sirka kislotasining eritmasi bilan yuvish kerak.
3. Teri yengil kuyganda uni spirt bilan artib, gliserin yoki vazelin surtish kerak.
Ko‘proq va kattaroq kuygan bo‘lsa kaliy permanganat hamda spirt bilan yuvib
maxsus surtish moyi (masalan, sulfidin emulsiyasini)ni qo‘llash kerak.
4. Brom kuydirgan terini benzol bilan yuvib, keyin natriy tiosulfatning 10 % li
eritmasi bilan artish kerak. Brom bug‘ini ammiyak hidlash yoki toza havoda na-
fas olish bilan ketkazish mumkin.
5. Kuchli kislotalar bilan kuygan terini ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib, keyin
sodaning 3 % li eritmasi bilan artish lozim. Ishqor kuydirgan terini esa suv bilan
yuvib, keyin borat kislotasining 1 % li eritmasi bilan neytrallash zarur.
6. Ichingizga tasodifan ketib qolgan reaktivni ko‘proq toza suv ichish, agar kislota
bo‘lsa choy sodasining 2 % li eritmasidan bir stakan ichish tavshiya etiladi. Zahar-
langan kishini toza havoga olib chiqish, sun’iy nafas oldirish va shifokor chaqirish
kerak.
7. Probirka, kolba yoki shisha naychadan foydalanganda qo‘lingizni kesib olsangiz,
jarohatlangan joyni yodning 3 % li eritmasi bilan artib, sterillangan doka bilan
bog‘lab qo‘yish kerak. Qon ko‘p oqsa vodorod peroksiddan foydalanish hamda
zarurat tug‘ilsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: