1-Laboratoriya ishi Mavzu: Akkumulyator batareyasi tuzilishi va ishlashini o’rganish Ishdan maqsad
-rasm. Kislota-qo’rg’onshinli akkumulyatorlar batareyasining ishlashini ifodalovchi
Download 310.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Аккумуляторлар батареяси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akkumulyatorlar batareyasini ishga tayyorlash
1-rasm. Kislota-qo’rg’onshinli akkumulyatorlar batareyasining ishlashini ifodalovchi
chizma. a-zaryadlash jarayoni, v-zaryadsizlanish jarayoni, ва -mos holda elektrolit tarkibidagi N 2 SO 4 ning oshishi va kamayishi. Elektrolit tayyorlashda va akkumulyatorlar batareyasiga qarov o’tkazishda texnika xavfsizligi 1. Elektrolit tayyorlashda va uni batareyaga quyishda maxsus ko’z oynak, rezina qo’lqop, kislotabardosh fartuk yoki kastyum bo’lishi kerak. 2. Elektrolit tayyorlashda sulfat kislotaga bardosh beradigan va issiqlikga chidamli idish tanlanadi (keramik, plastmassa, ebonit). Idishga oldin distillangan suv solinib so’ng sekinlik bilan kichik oqimda zichligi 1,83 g/sm 3 bo’lgan texnik sulfat kislota suv ustiga quyiladi. Idishga tushgan kislotani doimo suv bilan aralashtirib turish shart. Aralashma o’z-o’zidan qiziydi. Agar suv sulfat kislota ustiga quyilsa sachrash yuz beradi. 3. Sulfat kislota teriga tushsa darhol uzliksiz oqimli suv bilan, so’ng 5% li kalsinasiyalashgan soda bilan yuvish shart. 4. Metall asboblar bilan ishlaganda har-xil qutblarni bir-biriga tutashtirish mumkin emas. 5. Akkumulyatorlar batareyasiga qarov o’tkazish, zaryadka qilish ventilasiya bilan jihozlangan xonada bajarilishi lozim. Qarov o’tkazishda va zaryadlashda chekish yoki olov yoqish man etiladi. Akkumulyatorlar batareyasini ishga tayyorlash 1. Yangi akkumulyatorlar batareyasining tiqinidagi havo yo’llari ochiladi. 2. Batareyaga quyiladigan elektrolit zichligi 1-jadvaldan zonaga asosan tanlab olinadi. 1-jadval Zonalar nomi Yil fasli Teperaturasi t=15 0 S bo’lgan elektrolitning zichligi g/sm 3 Yangi batareyaga quyiladigan To’la zaryadlan- ganda Shimoliy rayonlarda Yil davomida 1,27 1,29 Markaziy rayonlarda -«- 1,25 1,27 Janubiy rayonlarda -«- 1,23 1,25 Agar elektrolit teperaturasi 15 0 S dan yuqori bo’lsa har 1 0 S uchun elektrolit zichligi 0,0007 g/sm 3 ga oshiriladi. Elektrolit zichligi ariometr (densimetr) bilan o’lchanganda uning temperaturasi 20 0 S va 30 0 S oralig’ida bo’lsa densimetr ko’rsatgichiga o’zgartirish kiritilmaydi. Agar elektrolit teperaturasi 30 0 S dan yuqori bo’lsa, har 15 0 S uchun densimetr ko’rsatgichiga 0,01 g/sm 3 qo’shiladi va aksincha temperatura 20 0 S dan past bo’lsa har 15 0 S uchun densimetr ko’rsatgichidan 0,01 g/sm 3 olinadi. Elektrolit zichligini plotnomer bilan ham o’lchash mumkin. Plotnomerdan foydalanganda qalqovichlarning suzish soniga qarab elektrolit zichligi ( ) quydagicha bo’ladi: bitta qalqovich suzsa =1,23 g/sm 3 ikkita qalqovich suzsa =1,25 g/sm 3 uchta qalqovich suzsa =1,27 g/sm 3 to’rtta qalqovich suzsa =1,29 g/sm 3 Kerakli zichlikdagi elektrolit olish uchun distillangan suv bilan sulfat kislotaning tanlab olish miqdori (2-jadval). 2- jadval t=25 0 C da talab etiladigan elektrolit zichligi, g/sm 3 t=25 0 C bo’lganda elektrolit tayyorlash uchun distillangan suv va zichligi 1,83 g/sm 3 bo’lgan sulfat kislotaning miqdori, litr suv kislota 1,2 0,859 0,2 1,22 0,839 0,221 1,24 0,819 0,242 1,26 0,8 0,263 1,28 0,781 0,285 1,4 0,65 0,423 3. Batareyaga solinadigan elektrolit teperaturasi 15 0 S dan 30 0 S gacha bo’lishi lozim 4. Eyektrolit batareyaga kislota bardosh varonka yordamida sekinlik bilan quyiladi. Bankadagi elektrolit sathi saqlagich setkasidan 10-15 mm yuqorida bo’lishi kerak. 5. Batareyaga elektrolit quyilganda 20 minutdan so’ng, uzog’i bilan 2 soat oralig’ida batareyaga quyilgan elektrolit zichligi o’lchanadi. Agar zichlik 0,03 g/sm 3 gacha kamaysa akkumulyatorlar batareyasidan foydalanish mumkin, aksincha 0,03 g/sm 3 dan ko’p kamaygan holda akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash shart. Yangi akkumulyatorlar batareyasiga elektrolit solgandan so’ng quriq zaryadlangan akkumulyatorlar batareyasi bo’lsa 3 soatdan so’ng earyadkaga qo’yiladi, Quriq zayadlanmagan batareya bo’lsa 4…6 soatdan so’ng zaryadkaga qo’yiladi. 6. Yangi akkumulyatorlar batareyasidan foydalanish zarur bo’lsa, bir yildan kam saqlangan batareyaga elektrolit solib 20 minutdan so’ng foyda-lanish mumkin. Bir yilgacha saqlangan batareyaga elektrolit solgandan bir soatdan so’ng foydalanish mumkin. Agar batareya bir yildan ko’p saqlangan bo’lsa elektrolit zichligini o’lchash zarur. Yangi to’la zaryadlanmagan akkumulyatorlar batareyasi qo’yilgan mashina ishdan qaytgandan so’ng akkumulyatorlar batareyasi mashinadan olinib to’la zaryadlash uchun zaryadkaga qo’yiladi, zaryadlangandan so’ng eletrolitning ziligini talabga javob berishi tekshiriladi. Download 310.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling