1-Laboratoriya ishi Mavzu: Akkumulyator batareyasi tuzilishi va ishlashini o’rganish Ishdan maqsad
Download 310.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Аккумуляторлар батареяси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislota-qo’rg’onshinli akkumulyatorlar batareyasi
Akkumulyatorlar batareyasi Akkumulyatorlar batareyasi zaryadlash jarayonida o’zgarmas tok manbaidan kelgan elektr energiyasini ximiyaviy energiyaga aylantiradi, zaryadsizlanish jarayonida esa ximyaviy energiyani qayta elektr energiyasiga aylantiradi. Avtotraktorlarning akkumulyatorlar batareyasi starterlar batareyalari deyiladi, chunki ichki kuchlanish bir oz pasayganda qisqa vaqt ichida startyorning ishlashi uchun zarur bo’lgan katta tok berish xususiyatiga ega. Kislota-qo’rg’onshinli akkumulyatorlar batareyasi Har birining kuchlanishi 2V ga teng bo’lgan uchta yoki oltita ketma-ket ulangan akkumulyatorlardan iborat. Batareya baki kislota bardoshli va izolyasion sifati yaxshi bo’lgan, mexanikaviy va termik bikrligi yuqori ebonit yoki asfaltdan pishirilgan plastmassadan yasalgan. Bak tubiga cho’kindi to’planishi natijasida plastinalar qisqa tutashib qolmasligi uchun tayanch prizmalar qilingan. Akkumulyatorning musbat va manfiy plastinalari mustahkam bo’lishi uchun 6…8 % surma qo’shilgan qo’rg’oshindan panjara shaklida quyiladi. Plastina panjaralari sulfat kislotaning suvli eritmasida qorilgan oksidlangan qo’rg’oshin kukunidan iborat aktiv massa bilan to’ldirilgan. To’la zaryadlangan batareyalardagi musbat (+) plastinaning aktiv massasi to’q jigar rangli qo’rg’oshin oksidi RvO 2 dan iborat, manfiy (-) plastinaning aktiv massasi esa och kul rangli g’ovaksimon qo’rg’oshin Rv dan iborat. Manfiy plastinani yig’ishda musbat plastinalarga qaraganda bitta ortiq olinadi, bu tufayli musbat plastinalar butun sirti bo’yicha bir tekis ishlaydi. Musbat va manfiy plastinalar bir-biridan mikro-g’ovak ebonit (mipor), mikro- g’ovak plastmassa (miplast) separatorlar bilan ajratilgan. Qopqoqlar va monoblok devorlari orasidagi bo’shliqqa neft bitumi va aviasion moydan tayyorlangan kislota bardosh mastika quyiladi. Bankalarga zichligi 1,23—1,27 g/sm 3 bo’lgan elektrolit (sulfat kislotaning distillangan suvdagi eritmasi) quyiladi. Akkumulyatorlar batareyasi zaryadsizlanganda quyidagi reaksiya sodir bo’ladi: musbat plastinada RvO 2 +N 2 +N 2 SO 4 =PvSO 4 +N 2 SO 4 manfiy plastinada Rv+SO 4 =RvSO 4 Zaryadlash jarayonida esa quyidagi reaksiya sodir bo’ladi: musbat plastinada RvSO 4 + N 2 O+O 2 =RvO 2 +N 2 SO 4 Manfiy plastinada RvSO 4 + N 2 =Rv+N 2 SO 4 Akkumulyatorlar batareyasining shartli belgilari. Akkumulyatorlar batareyasi rusumi 3ST-215EM va 6ST-75TMSN. Bu yerda 3 va 6-ketma-ket ulangan akkumulyatorlar soni, ST-batareya turi ( ST-startyor tipiga oid), 215 va 75-o’n soat uzliksiz zaryadsizlanganda (30 o S da) uning nominal sig’imi (215 va 75 amper-soat), E va T- bak mate-riali (E- ebonit,T-termoplast), M va MS-separator materiali (M-mik-rog’ovak- plastmassa, MS-shisha tolali miplast), N-quriq zaryadlanmagan (N- nesuxozaryajennoye) Akkumulyatorlar batareyasining elektr yurituvchi kuchi, Ye Ye=0,84+ Bu yerda -elektrolit zichligi,g/sm 3 Zaryadsizlanish vaqtida akkumulyatorlar batareyasining kuchlanishi,U U=Ye - I r r =I R; Volt Bu yerda r- akkumulyatorlar batareyasining ichgi qarshiligi, om I r -zaryadsizlanish toki, A R-tashqi zanjir qarshiligi, om Zaryadsizlanish sig’imi , S S=I r T; Bu yerda I r - zaryadsizlanish toki, A T- zaryadsizlanish vaqti, soat Download 310.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling