1-Laboratoriya ishi Mavzu: Akkumulyator batareyasi tuzilishi va ishlashini o’rganish Ishdan maqsad


Akkumulyatorlar batareyasiga qarov o’tkazish


Download 310.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana25.02.2023
Hajmi310.3 Kb.
#1230682
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Аккумуляторлар батареяси

Akkumulyatorlar batareyasiga qarov o’tkazish 
1.Akkumulyatorlar batareyasi uzoq muddat ishlashi uchun zaryadlanganlik 
darajasi 75% dan kam bo’lmasligi va mashinaning rela-regulyatori hamda 
generatorida buzuqlik bo’lmasligi shart. 


2. Elektrolit sathi ikki haftada bir marotaba tekshirilishi va zarur bo’lsa 
distillangan (dvigatelni yurgizish oldidan) suv quyish lozim. Bundan tashqari 
akkumulyatorlar batareyasining tashqi qismi tozalanadi. Tiqindagi havo 
teshiklarining ochiqligi tekshiriladi. Batareyaning shtiri nam latta bilan tozalanib 
texnik vazelin bilan moylanadi va birikma yaxshilab qoti-riladi. 
3.Akkumulyatorlar batareyasining zaryadlanganlik darajasi va elektrolit 
zichligi har uch oyda tekshiriladi. 
Agar akkumulyatorlar batareyasi 25% zaryadsizlansa elektrolit zichligi 0,04 
g/sm
3
ga, zaryadsizlanish 50% bo’lsa zichlik 0,08 g/sm
3
ga kamayadi.
Qishda 25% gacha, yozda 50% gacha zaryadsizlansa batareya mashinadan 
olinib zaryadkaga qo’yiladi. 
Elektrolit zichligi ariometr bilan aniqlanadi. 
Akkumulyatorlar batareyasidagi kuchlanish va EYuK qiymati kuchlanish 
vilkasi LE-2 va E-108 bilan o’lchanadi.
Akkumulyatorlar batareyasidagi kuchlanish(U)ni qiymatini tekshirish 
yordamida uni holatini baholash: 
a) U=1,7 volt va undan yuqori bo’lsa batareya yetarlicha zaryadlangan, 
buzuqlik yo’q, 
b) U=1,4-1,7 volt bo’lsa zaryadlash zarur, 

v) U=0,4-1,4 volt bo’lsa zaryadlash kerak, yaxshi zaryad olmasa ta’mir-lash 
zarur. 
Akkumulyatorlar batareyasini saqlash 
Saqlanadigan xona temperaturasi 0
0
S dan -30
0
S gacha bo’lishi lozim, 
batareyaga quyosh nuri tushmasligi kerak 
Elektrolit solinmagan quruq zaryadlangan akkumulyatorlar batareya-sini 3 yil 
saqlash mumkin. 
Agar elektrolit solingan bo’lsa uning zichligi (1,28 g/sm
3
dan oshmas-ligi 
shart) iqlimga moslashtirilib to’la zaryadlagan holda 1,5 yilgacha saqlash mumkin. 
Har oyda elektrolit zichligi tekshirilib turilishi va zichlik 0,04 g/sm
3
gacha 
kamaysa zaryadlash zarur. 
Agar akkumulyatorlar batareyasidan uzoq vaqt foydalanilgan bo’lsa uni 
saqlashga qo’yishdan oldin tekshirib ko’rish kerak. 
Tekshirish uchun oldin to’la zaryadlanadi va zichligi zonaga muvofiq-
lashtiriladi, so’ngra 10 soatlik rejimda razryad toki beriladi (6 voltli batareya bo’lsa 
razryad kuchlanishi 5,1-5,25 V, 12 voltli uchun esa 10,2-10,5V bo’ladi, elektrolit 
teperaturasi 18-27
0
S oralig’ida bo’lishi shart). Akkumulyatorlar batareyasidagi 
kuchlanish 1,7 voltga tushsa razryadlash to’xtatiladi. 
3- jadval 
To’la zaryadlangan akkumulyatorlar 
batareyasidagi elektrolit zichligi, t 
=25
0
C da 
Batareyadagi kuchlanish 1,7V ga 
tushguncha (10 soatlik rejimda) 
razryadlanish vaqti eng kamida, soat 
1,18 
7,5 
1,26 
6,5 
1,24 
5,5 


Razryadlashda batareyadagi kuchlanish 1,85 voltga tushgandan so’ng har 15 
minutda kuchlanishning qiymati tekshiriladi. Kuchlanish 1,75 voltga tushgandan 
so’ng esa uning qiymati tez-tez tekshiriladi, biror batareyada kuchlanishning qiymati 
1,7 voltga tushsa darhol razryadlash to’xtatiladi va razryadlanish vaqti 3- jadvalda 
ko’rsatilgan vaqt bilan taqqoslanadi. Bu vaqt jadvalda ko’rsatilgan vaqtdan oshsa 
bunday akkumulyatorlar batareya-sini saqlashga qo’yish mumkin. 

Download 310.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling