Akkumulyatorlar batareyasida uchraydigan buzuqliklar
1. Batareyalarda qo’rg’oshin sulfat RvSO
4
tuzi kristalchalarining hosil
bo’lishini oqibati va sabablari:
Plastinalarda RvSO
4
tuzi kristalchalar holda bo’lsa batareya sig’imi kamayadi,
zaryadlashda elektrolit tez qiziydi va kuchlanish 3V gacha oshadi, zaryad oxirida
elektrolit zichligi kamayadi.
Startyorni qo’shganda batareya tez zaryadsizlanadi va kuchlanish tez
kamayadi.
RvSO
4
tuzini plastinalarga o’tirib qolishiga sabab: batareya uzoq vaqt 0
0
S dan
yuqori temperaturada to’la zaryadlanmagan holda saqlangan yoki elektrolit sathi
past bo’lib undan to’la zaryadlanmagan holatda foydala-nilgan, elektrolit
ifloslangan yoki plastinalarda qisqa tutashuv bor ya’ni o’z-o’zidan zaryadsizlanish
yuqori.
2. Batareyalarda o’z-o’zidan zaryadsizlanish yuqori darajada (1 sutkada 3%
dan ko’p) . Bu hol elektrolit ifloslanganda sodir bo’ladi (asosan metall qirindisi
bilan).
3. Plastinalarning qisqa tutashuvi. Separator yemirilganda, cho’kindi banka
tagiga ko’p to’planganda ro’y beradi.
Belgilari: elektrolit zichligini bankalarda kamayishi va kuchlanish vilkasi
bilan tekshirilganda kuchlanishni tezda nolga tushishi. Zaryadkaga qo’yilganda
elektrolit zichligi va kuchlanishni juda sekin oshishi, hamda temperaturasini oshishi.
Monoblokdagi buzuqlik: bankaning yorilishi, teshilishi.
Ariometrdan foydalanish
Ariometr rezinasini qo’l bilan siqqan holda uni elektrolitga botirib so’ng
rezina qo’yib yuborilsa unga elektrolit so’riladi. Ariometrni elektrolitdan olib
(ariometrni olganda elektrolit teriga va kiyimlarga tushmasligi kerak) uning ichidagi
densimetr shkalasining suyuqlik sathiga teng turgan qiymati qaraladi. Bu qiymat
elektrolit zichligini ifoda-laydi.
Suyuqlik temperaturasi 20…30
0
S oralig’ida bo’lsa densimetr ko’rsatgichiga
o’zgartirish kiritilmaydi. Agar suyuqlik temperaturasi 15
0
S ga oshsa uning
ko’rsatgichi qiymatiga 0,01 g/sm
3
qo’shiladi va aksincha temperatura 15
0
S ga
kamaysa densimetr ko’rsatgichidan 0,01 g/sm
3
ayriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |