1-Laboratoriya ishi Mavzu: Akkumulyator batareyasi tuzilishi va ishlashini o’rganish Ishdan maqsad
Akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash
Download 310.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Аккумуляторлар батареяси
Akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash
Zaryadlash ikki xil usulda amalga oshiriladi: 1.Bir bosqichli zaryadlash (tok kuchi qiymati o’zgarmas saqlanadi ) 2.Ikki bosqichli zaryadlash (tok kuchining qiymati o’zgartiriladi) Akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash uchur o’zgarmas tok manbaidan foydalanish zarur. Batareyalardagi elektrolit temperaturasi 35 0 S dan kam bo’lsa zaryadkaga qo’yish mumkin Bir bosqichli zaryadlashda kuchlanishning qiymati quydagicha aniqlanadi n U 7 , 2 ; V bu yerda p-akkumulyator batareyalari soni, dona Akkumulyatorlar batareyasining musbat shtiri agregatning musbat qutbiga, manfiy shtiri esa manfiy qutbiga ulanadi. Bir bosqichli zaryadlashda tok kuchi quydagicha topiladi. ; 1 , 0 Q I A Bu yerda Q-akkumulyatorlar batareyasi sig’imi, Amper-soat Zaryadlash jarayonida har bir batareyadagi kuchlanish 2,4 V ga yetgandan so’ng (bankalardagi elektrolit kuchli qaynay boshlaydi) zaryad tokining kuchi 50% ga kamaytiriladi va akkumulyatorlar batareyasi to’la zaryad olguncha zaryadlash davom ettiriladi. Ikki bosqichli zaryadlashda zaryadlovchi agregatning kuchlanishi (U) quydagicha topiladi. n U ) 4 , 2 .... 3 , 2 ( ; V bu yerda p-akkumulyator batareyalari soni, dona Birinchi bosqichda zaryad tokining kuchi quydagi formulaga asosan tanlab olinadi ; ) 5 , 1 ... 1 ( Q I A (70….100 ampergacha) Elektrolit temperaturasi 45 0 S ga yetganda akkumulyatorlar batareyasiga dam beriladi va elektrolit temperaturasi 30…35 0 S ga tushganda ikkinchi bosqichga o’tiladi. Ikkinchi bosqichda tok kuchi qiymati birinchi bosqichga nisbatan 2-3 barobar kamaytiriladi. Zaryadlash davomida elektrolit teperaturasi 45 0 S dan oshmasligi kerak. Agar elektrolit teperaturasi 45 0 S dan oshsa zaryadlash to’xtatiladi va eletrolit temperaturasi 30…35 0 S ga tushganda esa zaryadlash davom ettiriladi. Akkumulyatorlar batareyasining to’la zaryadlanganligi quyidagi ko’rsat- gichlar bilan aniqlanadi: a) barcha batareyalarda kuchli qaynash ro’y beradi va portlovchi gaz (vodorod bilan kislorodning portlovchi aralashmasi) ajralib chiqadi. b) oxirgi ikki soat davomida bankalarning har birida elektrolit zichligi va kuchlanish (2,7V bo’lib) ma’lum qiymatga yetib o’zgarmay turadi. Zaryadlash tugagandan so’ng bankalardagi elektrolit zichligi qayta o’lchanadi. Agar elektrolit zichligi normadan yuqori bo’lsa bankaga distillangan suv quyiladi va aksincha zichlik normadan past bo’lsa zichligi 1,4 g/sm 3 bo’lgan elektrolit bankaga solinadi so’ng zaryadlash 30 minut davom ettiriladi. Zaryadlash to’xtatilgandan 30 minut o’tgandan so’ng bankalardagi elektrolit sathi tekshiriladi. U saqlagich setkasidan 10…15 mm balandda bo’lishi kerak. Elektrolit sathi diametri 5 mm bo’lgan shaffof nay yordamida aniqlanadi. Nay bankadagi elektrolitga (tik holda himoya setkasiga tekguncha) botirilib so’ng tashqaridagi ikkinchi uchi barmoq bilan berkitiladi va bankadan olinadi. Naydagi suyuqlik sathi bankadagi elektrolit sathini ko’rsatadi. Download 310.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling