1 Laboratoriya ishi. Mavzu: mbbt da ma'lumotlarni tartiblash, izlash va
Download 0.81 Mb.
|
DjAlzvlHqB9vHL4g2aUd5BZrOFm1emzS (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 - Laboratoriya ishi.
- II. Ishni bajarish tartibi
- III. Laboratoriya ishi natijalari boyicha qisqacha hisobot tayyorlash
- Сортировка
- Jadval elementlarini filtirlash
- Фильтр
- Филтр
- Применение
- Ma`lumotlarni qidirish va almashtirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI ______________kafedrasi ____________fani bo’yicha Labaratoriya ishi Mavzu: ________________________________________ Bajardi: 020-20 guruh talabasi
Toshkent - 2022 1 - Laboratoriya ishi. Mavzu: MBBT da ma'lumotlarni tartiblash, izlash va filtratsiya qilish vazifalarini bajarish I. Ishning maqsadi Ma'lumotlar bazasi jadvallarida saqlanayotgan mavjud ma'lumotlardan samarali foydalanish uchun kerakli axborotlarni izlashning oddiy va qulay vositalari hamda ajratib olish va tartiblashni o'rganish. II. Ishni bajarish tartibi Kerakli ustundagi ma'lumotlarni usish yoki kamayish va harflar ketma-ketligi bo’yicha tartiblash. Talabalar ismi ko'rsatilgan ustundagi kerakli ismni izlash va keraklisiga almashtirish. Talabalarning kurslari bo’yicha yoki boshqa yunalishlar bo’yicha kerakli ma’lumotlarni ajratib olish. III. Laboratoriya ishi natijalari bo'yicha qisqacha hisobot tayyorlash IV. Tekshirish uchun savollar Axborot ob'ektlari aloqasi tushunchasi. Jadvaldagi ma'lumotlarni tartiblash usullari. Qanday turdagi maydonlar qiymatlarini tartiblash mumkin emas. Ma'lumotlarni izlash qaysi rejimda olib boriladi. MS Access da qanday filtrlash usullari bor. Ma’lumotlarni tartiblash asosan kerakli ma’lumotlarni topish qulay bo‘lishi uchun ishlatiladi. Ekranda tartiblangan qator ko‘rinishidagi ma’lumotlar aks ettirilganda kerakli qatorni topish juda oson bo‘ladi. Jadval kattaliklar alfavit bo‘yicha, sana bo‘yicha, sonlardan iborat ustunlar qiymatlarining oshishi yoki kamayishi bo‘yicha tartiblangan bo‘lishi mumkin. Ammo, bazi hollarda qatorlarni har xil belgilar (jadval ystunlaridagi) bo‘yicha tartiblashni xohlab qolamiz. Ideal holatlarda bu ish osongina bajarilishi mumkin. Access ham bu ishlarni shunday bajarish imkonini beradi. Jadvallar Таблицы holatida ochilganda ular kalit maydon qiymati bo‘yicha tartiblanadi. Agar jadval uchun kalit maydon aniqlanmagan bo‘lsa, u holda yozuvlar jadvalga kiritilgan tartibda chiqariladi. Agar yozuvni boshqa maydon qiymati bo‘yicha tartiblash lozim bo‘lsa, u holda kursorni mos ustunning ixtiyoriy qatoriga qo‘yib uskunalar panelidagi Сортировка по возрастанию (Sort Ascending) yoki Сортировка по убыванию (Sort Descending) tugmachalaridan birini bosish kerak bo‘ladi. Jadval elementlarini filtirlash Microsoft Access da filtrlash yo‘li bilan yozuvlarni ajratib olishning to‘rtta usuli inobatga olingan: Ajratilgan fragment bo‘yicha filtr; Oddiy filtr; Фильтр для (Filter For) maydoni; Kengaytirilgan filtr. Ajratilgan fragment bo‘yicha filtr, oddiy filtr va Фильтр для (Filter For) maydoni yozuvlarni ajratib olishning eng sodda usullari hisoblanadi. Bularning ichida eng oddiysi ajratilgan fragment bo‘yicha filtr hisoblanadi. U tanlangan maydondagi ma’lum qiymatli barcha yozuvlarni topish imkoniyatini beradi. Oddiy filtr bir nechta maydon qiymatlari bo‘yicha yozuvlarni tanlash bo‘yicha ishlatiladi. Филтр для (Filter For) maydoni kiritish fokusi jadval maydonida joylashganda va izlanayotgan aniq qiymatni yoki ifodani kiritish uchun ishlatiladi. Uning natijasi tanlash harti sifatida qo‘llaniladi. Murakkab filtrlarni yaratish uchun kengaytirilgan filtr oynasidan foydalanish tavsiya qilinadi. Применение фильтра (Apply Filter) va Удалить фильтр (Remove Filter) tugmalari ma’nosiga ko‘ra bitta tugma hisoblanadi. Ularning holati (bosilgan, qo‘yib yuborilgan) va yozuvlari jadval uchun filtrning o‘rnatilganligi yoki o‘rnatilmaganligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Jadvalda filtrlangan yozuvning aks ettirilayotganligini bildiradigan belgilarining biri sifatida ilova oynasining holatlar qatorida ФЛТР (FLTR) so‘zining mavjudligini ko‘rsatish mumkin. Ma`lumotlarni qidirish va almashtirish Таблицы holatida ma’lumotlarni namuna bo‘yicha aniq maydonda yoki butun jadval bo‘yicha izlash imkoniyatlari yaratilgan. Kerakli ma’lumotni topish uchun quyidagi amallar bajariladi: Jadval Таблицы holatida ochilsin. Agar qaysi ustun bo‘yicha saralash zarurligi ma’lum bo‘lsa shu ustun tanlanadi (kursorni shu ustunning ixtiyoriy maydoniga qo‘yish etarli). Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling