1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Uchinchi guruh kationlarining xususiy reaksiyalari


Download 0.78 Mb.
bet12/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

Uchinchi guruh kationlarining xususiy reaksiyalari
Fe2+ KATIONINING REAKSIYALARI
1. Ammoniy sulfid (NH4)2S temir (II) ni temir sulfid- qora rangdagi cho`kma ko`rinishida miqdoran cho`ktiradi:
FeSO4+ (NH4)2S = FeS↓ + (NH4)2SO4
Fe2+ + S2- = FeS↓
Cho`kma kislotalarda oson eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi temir (II) sulfat eritmasi va 2 tomchi ammoniy sulfid eritmasi tomiziladi.
2. Uyuvchi ishqorlar temir (II) gidroksidni nim yashil rangdagi cho`kma ko`rinishida miqdoran cho`ktiradi:
FeSO4 + 2KOH = Fe(OH)2 ↓+ K2SO4
Fe2+ +2OH- =Fe(OH)2
Cho`kma xavoda tez ko`karadi, so`ngra temir (III) gidroksidga oksidlanishi natijasida ko`mir tusga kiradi.
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi temir (II) sulfat eritmasiga 2 tomchi ishqor eritmasi qo`shiladi. Turganda rangining o`zgarishi kuzatiladi.
3. Kaliy geksasianoferrat (III) (qizil qon tuzi) K3[Fe(CN)6] to`q ko`k cho`kma trunbul ko`kini ajratadi:
3FeSO4 + 2K3[Fe(CN)6] = Fe3[Fe(CN)6] ↓ + 3K2SO4
3Fe2+ + 2[Fe(CN)6]3- = Fe3[Fe(CN)6)2
Cho`kma amalda kislotalarda erimaydi, ammo ishqorlar ta`sirida parchalanadi. Bu temir (II) tuzlariga eng seziluvchan reaksiya. Temir tuzlarining gidrolizini bartaraf qilish uchun reaksiya kislotali muhitda olib boriladi. Reaktivning ortiqchasidan qutilish kerak, chunki uning sariq rangi cho`kmaga ko`kimtir tus beradi.
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi temir (II) sulfat eritmasi 1 tomchi suyultirilgan sulfat kislota bilan nordon qilinadi va 1 tomchi qizil qon tuzi eritmasi qo`shiladi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling