Ikkinchi guruh kationlari aralashmasining analizi
1. Bariy va kalsiy ionlarini magniy ionidan ajratish. Bariy va kalsiy magniyni ochishga xalaqit bergani uchun bu ionlarni ajratish zarur. Ajratish ikkinchi guruh kationlarini guruh reaktivi bilan o`zaro ta'sir qilishiga asoslangan. Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, Mg2+ kationlari ammoniy ionlari yetarli miqdorda bor bo`lganda guruh reaktivi bilan cho`kma bermaydi. Ajratish uchun sentrifugali probirkaga 1 ml tekshiriluvchi eritma tomiziladi va 3-4 tomchi 6 n li ammoniy xlorid NH4CI eritmasi qo`shiladi. Aralashma suv hammomida isitiladi. 2-3 tomchi konsentrlangan ammiak eritmasi (xid paydo bo`lgunga qadar) qo`shiladi, keyin cho`kmaning ajralishi butunlay tuxtamaguncha aralashtirgan holda tomchilab ammoniy karbonat qo`shiladi. Cho`kmali eritma suv hammomida 8-10 min isitiladi. Bunda karbonatlarning amorf cho`kmasi kristalga o`tadi va probirkaning tubiga cho`kadi, cho`kma ustidagi eritma tiniq, bo`lib qoladi. Bariy va kalsiyning to`la cho`kishini tekshirish zarur. Buning uchun cho`kmali probirkaga asta-sekin devori bo`ylab cho`ktiruvchi o`sha eritmadan ushbu holda ammoniy karbonat eritmasidan bir necha tomchi qo`shiladi. Agar cho`kma ustidagi eritma tiniq, bo`lsa, u xolda kalsiy va bariy to`la cho`kkan bo`ladi. Agar loyqa paydo bo`lsa, u xolda cho`kmali eritmaga yana ammoniy karbonat eritmasi qo`shiladi, aralashtiriladi, suv xammomida bir necha minut isitiladi va qaytadan to`la cho`ktirilganligi tekshirib ko`riladi. Cho`kmali eritma 1-2 min davomida sentrifugalanadi. Tiniq sentrifugat ajratiladi va uni Mg2+ ionlarini ochish uchun qoldiriladi. Cho`kma ikki marta distillangan suv bilan yuviladi. Buning uchun cho`kmali probirkaga 1,5-2 ml issiq suv quyiladi, aralashtiriladi va 1 min davomida sentrifugalanadi. Yuvadigan suvlar pipetka yordamida ajratib olinadi va to`kib tashlanadi.
2. Cho`kmani tekshirish. Cho`kma bariy va kalsiy karbonatga ega bo`lishi mumkin. Cho`kmani tekshirish uchun uni sirka kislotada eritiladi. Mineral kislotalarni qo`llash mumkin emas, chunki ularning bo`lishi keyinchalik bariy va kalsiyni ochishga xalaqit beradi.
Cho`kmali probirkaga 10 tomchi 15% li sirka kislota qo`shiladi va cho`kma to`la erigunga qadar probirka ichidagi modda suv hammomida aralashtirilgan holda isitiladi. Agar bir necha minutdan keyin cho`kma to`la erimasa yana 5-7 tomchi kislota qo`shiladi va qaytadan probirkani suv hammomida isitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |