1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Download 0.78 Mb.
bet21/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

Va2+ionlarining borligini tekshirib ko`rish. Probirkaga 5 tomchi hosil qilingan sirka kislotali eritma tomiziladi va qaynab turgan suv hammomida isitiladi. 2 tomchi kaliy xromat eritmasi qo`shiladi. Sariq cho`kmaning tushishi Va2+ ionlari borligini ko`rsatadi. Agar cho`ma tushsa, xromat eritmasi cho`kma ustidagi eritma tiniq, sariq, rangga bo’yalmaguncha tomchilab qo`shiladi. Suv hammomida 2-3 minut davomida isitiladi va sentrifugalanadi. Tiniq eritma ajratib olinadi va unda kalsiy aniqlanadi.
Sa2+ ionlarining borligini tekshirib ko`rish. Bariy ajratib olingandan keyin hosil qilingan sentrifugatning 3 tomchisiga ammoniy oksalatdan ((NH4)2C2O4) 2-3 tomchi qo`shiladi. Agar Sa2+ ionlari bor bo`lsa, u xolda kalsiy oksalatning oq cho`kmasi tushadi.
3. Bariy va kalsiy ionlari ajratilgandan keyin sentrifugatni tekshirish.
Bariy va kalsiy ajratilgandan keyin olingan eritma Mg2+ ionlariga ega bo`lishi mumkin.
Mg2+ ionlarining borligini tekshirib ko`rish. Probirkaga 4-5 tomchi sovutilgan eritma tomiziladi, 3 tomchi natriy gidrofosfat eritmasi va 2 tomchi konsentrlangan ammiak eritmasi xid paydo bo`lgunga qadar qo`shiladi. Hosil qilingan eritma chayqatiladi va shisha tayoqcha bilan probirka devoriga biroz ishqalanadi. Oq kristall cho`kmaning tushishi Mg2+ ionlarining borligini ko`rsatadi.
4-Laboratoriya ishi
Mavzu: Anionlarni ochish reaksiyalari va aralashmasini analizi. Anionlar ochish reaksiyalarini bajarish va aralashmasini analizini bajarish
Anionlar analizi xususiyatlari
Anionlar sifat analizining usullari kationlar analizining usullaridan farqlanadi. Anionlarning analitik guruhga bo`linishi asosida bariy va kumush tuzlarining xar xil eruvchanligi yotadi. Anionlarni guruhlarga bo`lishning har xil variantlari bo`lishi mumkin.
Birinchi guruh: fosfat-ion RO43-, sulfit-ion SO32-, sulfat-ion SO42-, karbonat-ion SO32-. Bu ionlar Va2+ ionlari bilan suvda qiyin eruvchi tuzlar hosil qiladi. Neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda VaSl2 guruh reaktividir.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling