1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Download 0.78 Mb.
bet29/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

Reaksiyaning bajarilishi. Natriy bromid eritmasining 3 tomchisiga 0,5 ml xloroform va so`ngra keskin chayqatib turib tomchilatib 2-3 tomchi xlorli suv qo`shiladi. Xloroform qavatining rangi o`zgarishi kuzatiladi.
J- IONINING REAKSIYALARI
J- ioni vodorod yodid kislotaning anionidir. Bu kislota NS1 va NVg kabi xuddi shunday kuchli.
Yodidlardan kumush, simob, qo`rg`oshin va mis (I) tuzlari suvda qiyin eriydi.
1. Kumush nitrat AgNO3 yodidlardan kumush yodidning och sariq suzmasimon cho`kmasini ajratadi:
KJ + AgNO3 = AgI↓ + KNO3
Ag+ + I- = AgI↓
Cho`kma nitrat kislotada va ammiakda erimaydi, natriy tiosulfat eritmasida yomon eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Kaliy yodid KJ eritmasiga ozgina AgNO3 eritmasi qo`shiladi. Tushgan cho`kmani natriy tiosulfat Na2S203 eritmasida tekshiriladi.
2. Qo`rg`oshin tuzlari yodidlar eritmasidan qo`rg`oshin yodidni cho`ktiradi, cho`kma sariq rangda bo`lib, qaynoq suvda eriydi va eritma sovutilganda yana qaytadan oltinsimon tangachalar kurinishida ajraladi:
2KJ + Pb(NO3)2 = PbI2↓ + 2KNO3
Pb2+ + 2J- = PbI2
Reaksiyaning bajarilishi. kaliy yodidning 3 tomchi eritmasiga qo`rg`oshin tuzi eritmasidan 2-3 tomchi qo`shiladi. Hosil bo`lgan sariq cho`kmaga taxminan 1 ml suv qo`shiladi va cho`kma to`la eriguncha qizdiriladi. Hosil qilingan eritma sovutiladi va qo`rg`oshin yodidning oltinsimon kristallari hosil bo`lishi kuzatiladi.
3. Xlorli suv yodidlar eritmasidan erkin yodni ajratadi, u uglerod sulfidni yoki xloroformni qizil binafsha rangga, kraxmal eritmasini esa ko`kka bo`yaydi:
2KJ + S12 = 2KS1 + J2
Reaksiya J- ioni uchun xarakterli va odatda uni topish uchun qo`llaniladi.
Reaksiyaning bajarilishi. Kaliy yodid eritmasining 3 tomchi suyultirilgan sulfat kislotaning 1 tomchisi bilan kislotali muhitga keltiriladi. 0,5 ml xloroform va keyin keskin chayqatib turib tomchilatib 2-3 tomchi xlorli suv qo`shiladi. Xloroform qatlamining rangi kuzatiladi. Boshqa probirkaga 1 tomchi KJ eritmasi, 1 tomchi xlorli suv va 2 tomchi kraxmal eritmasi solinadi. Rangining o`zgarishi kuzatiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling