1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Download 0.78 Mb.
bet26/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

Reaksiyaning bajarilishi. Natriy karbonat Na2CO3 eritmasining 5 tomchisiga kumush nitrat AgNO3 ning 5 tomchi eritmasi qo`shiladi. Hosil qilingan cho`kmali eritmani uch qismga bo`linadi va cho`kmani ammiakda va suyultirilgan HNO3 da erish xarakteri, shuningdek, isitilganda cho`kmaning gidrolizi kuzatiladi.
SO32- IONINING REAKSIYALARI
Sulfit-ion sulfit kislota H2SO3 ning anionidir. Sulfit kislota turg`un bo`lmagan kislota bulib, eritmada qisman SO2 va suvga parchalanadi. Sulfitlar suvli eritmalarda asta-sekin sulfatlarga oksidlanadi.
1. Bariy xlorid VaS12 sulfitlarning neytral eritmalaridan bariy sulfitning oq cho`kmasini ajratadi:
BaS12 + Na2SO3 = BaSO3↓ + 2NaCl
Ba2+ + SO32- = BaSO3
Cho`kma suyultirilgan xlorid va nitrat kislotalarda eruvchan bo`ladi.
Reaksiyaning bajarilishi. Natriy sulfitning 4 tomchi eritmasiga bariy xloridning 4 tomchi eritmasi qo`shiladi. Cho`kmali eritmani ikki qismga bo`lib, suyultirilgan kislotalarda (nitrat va xloridli) cho`kmaning erishi kuzatiladi. Agar cho`kma kislotalarda to`la erimasa, u xolda bu cho`kmada bariy sulfat borligi bilan tushuntiriladi, chunki sulfit ko`pincha sulfat aralashmasiga ega bo`ladi.
2. Kumush nitrat AgNO3 sulfitlarning neytral eritmalaridan kumush sulfitning oq kristall cho`kmasini ajratadi:
Na2SO3 + 2AgNO3= Ag2SO3↓+ 2NaNO3
2Ag+ + SO32- = Ag2SO3
Cho`kma suyultirilgan nitrat kislota va ammiakda eruvchan. U ortiqcha ishqoriy metall sulfitning eritmasida kompleks hosil qilib eriydi:
Ag2SO3↓ + Na2SO3 = 2Na[Ag(SO3)]
Bu tuzning eritmasi qizdirilganda kumush kulrang metall kurinishida ajraladi:
2Na[Ag(SO3)] = 2Ag + Na2SO4 + SO2

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling