Reaksiyaning bajarilishi.Alyuminiytuzining 2 tomchieritmasigaboshida 1 tomchiishqoreritmasi, keyinesako`pmiqdordaqo`shiladi. Alyuminiy gidroksid cho`kmasining tushishi va keyinchalik uning erishi kuzatiladi.
3. Quruq ammoniy xlorid NH4C1 ishqoriy metallarning alyuminatlarini eritmalaridan alyuminiy gidroksidni ajratadi:
NaAlO2 + NH4CI + H2O = AI(OH)3↓+NaCl + NH3↑
AlO2-+ NH 4+ + N2O = A1(ON)3↓ + NH3↑
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi alyuminiy tuzi eritmasiga tushgan gidroksid cho`kmasi erigunicha ko`p ishqor qo`shiladi. Hosil qilingan eritmaga quruq ammoniy xlorid qo`shiladi. Probirka bir necha marta chayqatiladi suv hammomida qizdiriladi va cho`kmaning tushishi kuzatiladi. Alizarin (1,2-dioksiantrixinon) alyuminiy gidroksid bilan "alyuminiy laki" deb ataluvchi tiniq qizil rangli birikma hosil qiladi. Bu A13+ ioniga bo`lgan eng seziluvchan reaksiyalardan biri, Sr3+ va Zn2+ ionlari bu reaksiyani o`tkazishga xalaqit beradi. Bu reaksiyani yarim mikrometod yoki tomchi metodi bilan ham o`tkazish mumkin.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 3 tomchi alyuminiy tuzidan tomiziladi va kuchsiz ishqoriy muhitgacha ammiak eritmasi qo’shiladi. [Al(ON)3 ning hosil bo`lishi]. Reaksion aralashmani qaynaguncha qizdiriladi va unga 4-5 tomchi alizarin eritmasi qo`shiladi. Alizarinning alyuminiy gidroksidi bilan tiniq qizil rangga bo`yalgan adsorbsion birikmasi hosil bo`ladi.
Tomchi metodi bilan bajarilishi. Qalin filtr qog`ozining bo`lakchasiga alyuminiy tuzi eritmasidan bir tomchi tomiziladi va suyuqlik shimilgunga qadar kutiladi. Bundan keyin qog`ozni 1-2 min konsentrlangan ammiak eritmali ochiq tomizgichning og`zi ustida ushlab turiladi. Dog` alizarin eritmasi bilan ho`llanadi. Tiniq qizil rangning paydo bo`lishi - A13+ ionlari borligining belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |