1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


Download 0.92 Mb.
bet24/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64
Bog'liq
o\'mcht lab

10-LABORATORIYA ISHI
KUNGABOQAR URUG’I,PAXTA CHIGITI CHAQILMASINING
ANALIZI
11.1.Kungaboqar urug’i chaqilmasining analizi
Umumiy tushunchalar. Moyli urug’larni chaqish jarayonida hosil bo’ladigan yarim mahsulotni chaqilma deb ataladi. Urug’larni qobig’ining qattiqligi turlicha bo’lganligi, shuningdek chaqish mashinalari konstruksiyalarining bir qator kamchiliklari tufayli chaqilma tarkibida butun mag’iz va qobiq bilan birga hamma vaqt mag’iz oqshog’i, yarim chaqilgan urug’ va moyli chang bo’ladi.
Chaqilma analizi mana shu noma’qul fraksiyalarning miqdorini aniqlash va analiz ko’rsatkichlari salbiy bo’lgan hollarda o’z vaqtida chaqish rejimini o’zgartirishning imkonini beradi.
Asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi, chinni kosachalar, ajratish taxtasi.
Ishning bajarilishi. Analiz qilish uchun, chaqilmaning o’rtacha namunasini yaxshilab aralashtirib diagonal bo’lish usuli bilan 25gr gacha qisqartiriladi. Ajratib olingan namuna 0,01 gr aniqlikda tarozida tortiladi va teshiklarini diametri 2 va 3 mm bo’lgan elakda elanadi. 3mm li elak ustida qolgan va tarkibida butun va shikastlangan yirik mag’iz, yirik po’stloq, butun va to’liq chaqilmagan urug’lar bo’lgan qoldiqdan faqat butun va yarim chaqilgan urug’lar ajratib olinadi. Teshiklari 2mm bo’lgan elakda qolgan qoldiq mag’iz oqshog’i va mayda po’stloqdan iborat bo’lib, bu fraksiyani shartli ravishda oqshoqqa oid qilib hisoblanadi. 2mm li elakdan o’tgan fraksiya esa moyli changdan iborat bo’ladi.
Butun va yarim chaqilgan urug’lar mag’izning oqshog’i, shuningdek moyli changni alohida-alohida tarozida tortib olinib, ularning massa ulushi (X) namuna uchun olingan urug’ning massasiga nisbatan foizlarda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
X = m1 *100/m (9)
bu yerda: m1 - fraksiyalar og’irligi (butun va yarim chaqilgan urug’lar, mag’iz oqshog’i yoki moyli chang), gr;
m - chaqilmaning og’irligi, gr.
11.2.Paxta chigiti chaqilmasining analizi
Umumiy tushunchalar. Paxta chigitining chaqilmasi deb, chaqish mashinalaridan chiqayotgan mag’iz, sheluxa, chaqilmagan chigitlar va moyli chang aralashmasi tushuniladi.
Chaqilmadagi butun chigitlarning miqdori chaqish mashinalarining ishini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Quyida shu ko’rsatkichni aniqlash usuli keltirilgan.
Asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi, elak, chinni kosachalar, ajratish taxtasi.
Ishning bajarilishi. Yaxshilab aralashtirilgan chaqilmaning o’rtacha namunasidan 100gr atrofida tortma ajratib olinadi. 0,01 gr aniqlikda laboratoriya tarozisida tortib olingandan so’ng tortma, ajratish taxtasiga bir tekis qilib yoyiladi va qo’l bilan butun chigitlar terib olinadi. Ajratilgan chigitlar tarozida tortilib, ularning massa ulushi (X) chaqilmaning og’irligiga nisbatan foizlarda (9) formula asosida topiladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling