1 laboratoriya ishi nimstantsiyalarning turlari va tuzilishini o’rganish ishni bajarishdan maqsad


Download 1.09 Mb.
bet1/3
Sana19.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1032771
  1   2   3
Bog'liq
laboratoriya2


1 - LABORATORIYA ISHI


NIMSTANTSIYALARNING TURLARI VA TUZILISHINI O’RGANISH


Ishni bajarishdan maqsad
Konchilik korxonalari bosh pasaytiruvchi nimstantsiyalarning turlari va ularning tuzilishi bilan tanishish.


Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Nimstantsiya deb elektr energiyasini qabul qilish, o’zgartirish, taqsimlash va iste’molchilarga uzatish uchun xizmat qiladigan elektr qurilmaga aytiladi.
Konchilik korxonalarida bosh pasaytiruvchi nimstantsiya, markaziy yer osti nimstantsiyasi, uchastka nimstantsiyasi hamda suriluvchi komplekt nimstantsiyalar qo’llaniladi.
Bosh pasaytiruvchi nimstantsiyalar yuqori kuchlanishli taqsimlovchi qurilma, kuch transformatori, past kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalardan tashkil topadi. Yuqori kuchlanishli taqsimlochi qurilma (YuKTQ) elektr energiyani qabul qilish va kuch transformatoriga uzatish va transformatorni avariya holatlaridan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Asosan uch xil variantda bo’lishi mumkin. Birinchisi ajratgich va saqlagich, ikkinchisi ajratgich va yuklama uzgich, uchunchisi ayirgich va qisqa tutatirgich.
Kuch transformatori (Tr) yuqori kuchlanishni pasaytirish uchun xizmat qiladi. Uch fazali ikki cho’lg’amli yoki uch fazali uch cho’lg’amli transformatorlar qo’llaniladi. Uch cho’lg’amli transformatorlar yoki bir vaqtda ikki xil pasaytirilgan kuchlanishni olish uchun yoki yer osti elektr zanjiri bilan yer usti elektr zanjirini ajratish uchun qo’llaniladi.
Past kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar (PKTQ) kuch transformatoridan elektr energiyani qabul qilish, taqsimlash iste’molchilarga uzatish uchun xizmat qiladi. Yana ular o’zidan ketayotgan tarmoqlarni avariya holatlaridan himoyalash vazifasini ham bajaradi. Past kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar asosan 6-10 kV li komplekt taqsimlovchi qurilmalardan tashkil topadi.
Bosh pasaytiruvchi nimstantsiyalar ochiq havoda, binoning ichida yoki yarmi ochiq havoda va yarmi binoning ichida joylashgan turlari bo’ladi. Undan tashqari ular ko’chmas va suriluvchan bo’ladi. Suriluvchilarda elektr uskunalar bloklarga yig’ilgan va surilishga moslashtirilgan bo’ladi.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling