1-laboratoriya ishi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash Ishning maqsadi
Kerakli reaktivlar va asbob-uskunalar
Download 1,42 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-21919
Kerakli reaktivlar va asbob-uskunalar: 1 % li amilosubtilin eritmasi, 1 % li
glyukazim eritmasi; 0,1 n yod eritmasi; 0,1 n natriy tiosulfat eritmasi; 35 % li NaOH eritmasi; 0,1 n li HCl eritmasi; metiloranj eritmasi; 10 % li sulfat kislota (Н 2 SO 4 ); titrlash uchun eruvchan kraxmalning 1 % li eritmasi; tarkibida kraxmal bor material (kartoshka kraxmali, bug„ doy uni); glyukozooksidaza ferment preparatining eritmasi; glyukoza standart eritmasi (1 mol/l); 4-aminoantipirinnig fenol bilan aralashmasi, 100 va 250 ml hajmdagi konussimon kolbalar; titrlash uchun byuretkalar; voronkalar; pipetkalar; probirkalar; o„lchov tslindrlari; shisha tayoqchalar; predmet oynasi; suv hammomi; 30 С termostat; fotoelektrokalorimetr kyuvetalari bilan; analitik tarozi. Uglevodlar Tajribada aldegid yoki keton guruhi bo„lgan poligidrooksil birikmalarini hosil qiluvchi moddalar uglevodlar deb ataladi. Uglevodlar oziq-ovqat mahsulotlarning asosiy makronutrienti bo„lib, ozuqa ratsionining 60...80 % kaloriyasiga to„g„ ri keladi. Uglevodlar inson organizmining plastik funktsiyasini ham bajaradi. Sog„ lom odam sutkasiga 300...500 g, yuqori jismoniy va aqliy mehnat bilan shug„ ullanadiganlar 700 g gacha uglevod qabul qilishi kerak. Organizmda uglevod yetishmasa kam quvvatlik, bosh aylanishi, bosh og„ rig„ i, uyquchanlik, och qolish holatlari kelib chiqadi. Uglevodlar hazm bo„ladigan va hazm bo„lmaydiganlarga bo„linadi. Hazm bo„ladigan uglevodlar: monosaxaridlar (glyukoza, fruktoza, galaktoza), ba„zi disaxaridlar (saxaroza, laktoza, maltoza) va ba„zi polisaxaridlar (kraxmal, dekstrinlar). Disaxaridlar va hazm bo„ladigan polisaxaridlar ovqat hazm bo„lish jarayonida fermentlar yordamida to monozgacha gidrolizlanadi, bunda asosan glyukoza katta rol o„ynaydi. Hazm bo„ladigan uglevodlar ichida saxaroza asosiy hisoblanib, oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasida keng qo„llaniladi. Polisaxaridlar ichida kraxmal asosiy ozuqa komponenti hisoblanadi. Inson organizmi – tsellyuloza, gemitsellyuloza va pektinni hazm qila olmaydi. Monosaxarid va oligosaxaridlar oziq-ovqat mahsulotlarida shirinlik, gidrofillik va aromatik moddalar bilan bog„ lanish xossasini, polisaxaridlar esa oziq-ovqat mahsulotlar sifatini belgilaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi uglevodlarni miqdoriy aniqlashning ko„pgina kimyoviy uslublari negizida qandlarni redutsirlovchi xossasi yotadi. Shuning uchun redutsirlamaydigan (qaytarmaydigan) polisaxaridlarni dastlab gidrolizlab, keyin redutsirlaydigan (qaytaruvchi) qandlarni miqdoriy titrometrik yoki kolorimetrik usulda aniqlashga qaratilgan (masalan: glyukoza, fruktoza yoki maltoza). Keng tarqalgan uslublardan: Bertran usuli, yodometrik, Ferritsianidli, glyukooksidazli. Download 1,42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling