1. Sut-qatiq mahsulotari kislotaliligi deb nimaga aytiladi?
2. Sut-qatiq mahsulotlari kislotalilikni aniqlashda qanaqa usuldan foydalandingiz?
3. Sut mahsulotlarining sifat ko„rsatkichlarini jadval bo„yicha tushuntirib bering.
13-LABORATORIYA ISHI
ERKIN YOG` KISLOTALARNI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: Gaz-suyuqlik xromatografida yog„ -kislotalar
tarkibini tahlil qilish va
hisoblash.
Gaz-suyuqlik xromatografiyasining boshqa taqsimlovchi xromatografiya
usullaridan asosiy farqi
shundaki, harakatlanuvchi faza
sifatida inert gaz ishlatiladi, harakatsiz
faza qattiq tutuvchiga
adsorbstiyalangan holatda bo„ladi. Harakatsiz fazalardan biri (polietilenglikoladipat, PEGA, PEG
sukstinat yoki repleks 400) o„zining erituvchisida eritilib, xromatograf kolonkasiga to„ldiriladigan qattiq
tutuvchi fazalardan biriga (xromosorb 101-105, porapak T yoki stelit 545) singdiriladi. To„g„ ri
tayyorlangan qattiq tutuvchi faza sochiluvchan bo„lishi va undan erituvchining hidi kelmasligi kerak.
Qattiq tutuvchi
faza kolonkaga oz-ozdan, ma‟lum va doimiy zichlikda to„ldirilib,
harakatlanuvchi gaz
fazasining qarshiliksiz o„tishi mumkin bo„lgan kanalchalar qolmasligi kerak. Tayyorlangan kolonkalarni
ishlatishdan oldin bir necha soat ishchi haroratdan 25
0
C haroratda qizdirilib, ishlov beriladi. Bu vaqtda
kolonka orqali harakatlanuvchi gaz fazasi 5-10 ml/min, tezlikda o„tkazilib turiladi. Kolonkadan
chiqayotgan gaz defektor ifloslanmasligi uchun havoga chiqariladi.
Bu usulda aralashma tarkibidagi moddalarni bir-biridan individual holatda ajratish
maxsus qurilma
– gazli xromatograflarda amalga oshiriladi. Xromatorgafning asosiy qismlari quyidagilar:
xromatografiya kolonkasi, defektor va samopisest (yozuvchi uskuna). Xromatograf ishlashi uchun inert
gaz baloni ulanadi. Quyidagi rasmda xromatografning prinstipial sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: