3. Ammoniy tuzlari (NH4+ ioni)
Ammoniy tuzlari silikatlar eritmasidan silikat kislotalarni kislotalarga nisbatan to‘laroq cho‘ktiradi. Bu reaksiya gidroliz paytida hosil bo‘ladigan OH- ionlarining ammoniy tuzi ionlari NH4 bilan bog‘lanishi natijasida silikat gidrolizi muvozanatining bo‘zilishi tufayli ro‘y beradi:
SiO32- + 2H2O H2SiO3 + 2OH-
2OH- + 2NH4+ 2NH4OH
SiO32- + 2H2O + 2NH4+ H2SiO3+ 2NH4OH
Agar sovukda cho‘kma tushmasa, eritma bir necha minut suv hammomida isitiladi.
Tajriba: Probirkaga natriy silikat Na2SiO3 eritmasidan quyib ustiga cho‘kma tushishi to‘xtagunga qadar NH4Cl -ammoniy xlorid eritmasidan quyiladi. Agar cho‘kma tushishi qiyinroq ketsa, aralashma suv hammomida bir oz qizdiriladi. Oq iviq cho‘kma filtrlab ajratib olinadi va bir necha marta yuviladi. Hosil bo‘lgan cho‘kmada SiO32- silikat ionlari bor-yo‘qligi bilish uchun eritma bug‘latiladi va qolgan quruq qoldiqni filtr qog‘ozga solib, sirka kislota CH3COOH qo‘shilgan 0,5% li havorang metilen bo‘yog‘i eritmasi bilan ishlov beriladi. Sovuq suvda bir necha marta yuvilgandan so‘ng havorang metilen bo‘yog‘i bilan ko‘kka bo‘yalgan silikat kislota qoladi. Bu reaksiya silikat kislotasini oq iviq cho‘kmasini shunga o‘xshash Al(OH)3 qalay va surmaning alyuminatlariga o‘xshash birikmalaridan farqlash uchun ham qo‘llaniladi.
Borat ionlar – B4O72- va BO2- ning xususiy reaksiyalari.
1.BaCl2 -bariy xlorid bilan o‘tkaziladigan reaksiya.
BaCl2 buraning konsentrlangan eritmalaridan bariy metaboratning sirka, xlorid va nitrat kislotalari eriydigan oq cho‘kmasini cho‘ktiradi:
Na2B4O7 + BaCl2+ 3H2O → Ba(BO2)2↓ +2H3BO3 +2NaCl
B4O72- + Ba2+ + 3H2O → Ba(BO2)2↓ +2H3BO3
Do'stlaringiz bilan baham: |