1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi


Tajriba: Buraning 4-5 tomchi eritmasiga 5-6 tomchi bariy xlorid eritmasi qo‘shiladi. 2. Alanganing bo‘yalishi


Download 161.91 Kb.
bet21/35
Sana27.01.2023
Hajmi161.91 Kb.
#1130271
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)

Tajriba: Buraning 4-5 tomchi eritmasiga 5-6 tomchi bariy xlorid eritmasi qo‘shiladi.
2. Alanganing bo‘yalishi.
Spirt va konsentrlangan sulfat kislota quruq borat bilan alangani o‘ziga xos yashil rangga bo‘yaydigan bor efirini hosil qiladi.
Na2B4O7 + H2SO4 + 5H2O → Na2SO4 + 4H3BO3
H3BO3 + 3C2H5OH → (C2H5O)3B +3H2O
Tajriba: Chinni kosachaga buraning 5-6 tomchi eritmasi quriguncha bug‘latiladi. Sovutilgan quruq qoldiqqa 10-15 tomchi spirt va 4-5 tomchi konsetrlangan sulfat kislota qo‘shiladi. Aralashma shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va yondiriladi. Borat ionlar ishtirokida alanga yashil rangga bo‘yaladi.
3.Ko‘rkum qog‘ozining bo‘yalishi.
Borat kislota bilan namlangan ko‘rkum qog‘oz qurigandan so‘ng zarg‘aldoqrangga kiradi. Ishqor ta’sirida zarg‘aldoqrang ko‘k yoki kulrang qora tusga o’zgaradi (borat ionlarining konsentratsiyasiga qarab).
Tajriba. Buraning 1 tomchi eritmasiga bir tomchi xlorid kislota qo‘shiladi va ko‘rkum qog‘oz lentasiga tomiziladi. Qog‘oz quritiladi va 1 tomchi o‘yuvchi ishqor bilan xo’llanadi. Zarg‘aldoqrangning borat ionlari ishtirokida ko‘k yoki kulrang-qora rangga kirishi kuzatiladi.
AgNO3 reaktivi HNO3 va NH4OH da eritilganda oqcho‘kma AgBO ni hosil qiladi:
B4O72- + 2Ag+ +3H2O → 2AgBO2 + 2H3BO3
Quruq moddani, ya'ni tuzlar aralashmasini sifat jihatdan analiz qilish tartibini ko'rib chiqamiz, Analiz uchun qattiq holatdagi moddadan, odatda 0,1-0,3 g olinadi. Moddani analizga tayyorlash uni chinni havonchada maydalashdan boshlanadi, chunki kukun holidaga modda oson eriydi. Agar analizga berilgan namuna mayda kristallar holida bo'lsa, uni maydalashga hojat qolmaydi, faqat uni shisha tavoqcha bilan yaxshilab aralashtirish lozim. Maydalangan namuna uch qismga bo'linadi: bir qismi kationlarni aniqlash uchun, ikkinchi qismi anionlarni topish uchun ishlatilsa, uchinchi qismi qisman dastlabki sinovlarga ishlatiladi va ba'zi tajribalarni qayta bajarish uchun zaxiraga qoldiriladi.
Dastlabki sinovlar ba'zi bir ionlami sistematik analizgacha topishga yordam beradi va ishni engillashtiradi. Dastlabki sinovlarda alangani bo'yash reaksiyalari qilib ko'riladi. Bu sinovlarning natijalari sistematik analizda tasdiqlanishi kerak.
Berilgan namunaning analizi uning suvda erishini tekshirishdan boshlanadi. Buning uchun moddaning bir necha zarrachalari 10-12 tomchi distillangan suvda, avval sovuqda kerak bo'lsa isitib, eritib ko'riladi. Agar berilgan modda namunasi suvda erimasa yoki yomon erisa, unda shu moddaning oldin sovuqda, keyin isitilgan sirka kislotada, so'ng suyultirilgan va kontsentriangan HC1 da erish- erimasligi va nihoyat zar suvi (1 mol kons HNO3 + 3 mol kons HCl)da erishi sinab ko'riladi.
Ko'pchilik analiz qilinadigan moddalar distillangan suvda va suyultirilgan xlorid kislotada eriydi, shu sababli bu moddalarni kontsentriangan kislotalarda yoki zar suvida eritishga hojat qolmaydi. Moddaning eruvchanligi tekshiruvdan o'tkazilgach, namunaning birinchi qismi (0,03-0,1 g) konussimon probirkaga solinib, ustiga 1-3 ml. tanlangan erituvchi qo'shib, eritiladi.
Berilgan namunani xlorid kislotada eritiladigan bo'lsa, gazlar (CO2, H2S, SO2) ajralib chiqishiga e'tibor bering, chunki ularning chiqishi aralashma tarkibida bir qator anionlar (SO22-, S2- , SO32-, S2O32-) borligini ko'rsatadi. Shuningdek, hosil qilingan eritmaning rangini kuzating Kuchsiz kislotali eritmalarda Fe2+ och-yashil tusga, Fe3+-sarg'ish, Cr3+-yashil, Cu2+-havorang, Co2+-pushti, CrO42- sariq, Cr2O72- qizil-olov rangiga ega bo'ladi. Namunani eritishdan hosil bo'lgan eritmalar rangsiz bo'lsa, bu ionlar bo'lmasligi mumkin.



Download 161.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling