2.Kumush nitrat–AgNO3 bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar
AgNO3 fosfat ionlar bilan kumush fosfatning sariq cho‘kmasini hosil qiladi, bu cho‘kma mineral kislotalarda va ammoniy gidroksidda oson eriydi:
Na2HPO4 + 3AgNO3 → Ag 3PO4↓ +2NaNO3 + HNO3
HPO3-2+ 3Ag+ → Ag3PO4 + H+
Tajriba: Natriy gidrofosfatning 4-5tomchi eritmasiga shuncha kumush nitrat qo‘shiladi. Olingan cho‘kmaning nitrat kislotada va ammoniy gidroksidda erishi tekshiriladi.
PO43- - ortofosfat kislota anioni, rangsizdir.
3.Magnezial aralashma bilan o‘tkaziladigan reaksiya
Magniy tuzlari NH4OH va NH4Cl ishtirokida fosfat ionlar bilan magniy-ammoniy fosfatning kislotalarda oson eriydigan oq kristall cho‘kmasini hosil qiladi:
Na2HPO4+MgCl2+NH4OH → MgNH4PO4↓ +2NaCl +H2O
HPO4-2 + Mg2+ +NH4OH → MgNH4PO4↓ + H2O
Tajriba: Natriy gidrofosfatning 2-3 tomchi eritmasiga, 2-3 tomchi ammoniy xlorid eritmasi, 2-3 tomchi ammiyak eritmasi qo‘shiladi. Olingan cho‘kmaning nitrat va xlorid kislotalarda erishi tekshiriladi.
4.Ammoniy molibdat bilan o‘tkaziladigan reaksiya
(NH4)2MoO4 -ammoniy molibdatdan ortiqcha miqdorda fosfatlarning nitrat kislotali eritmasiga quyib istilsa, ammoniy-fosfat molibdatning o‘yuvchi ishqorlarda va ammoniy gidroksidda eriydigan sariq kristall cho‘kmasini hosil qiladi: Na2HPO4+12(NH4)2MoO4+24HNO3 → 24NH3P(MoO4)↓ +2NaNO3 + 21NH4 NO3 + 12 H2O
PO4-3 + 3NH4+ + 12MoO4- → 24(NH)3[P(MoO4)]↓ + 12 H2O
Tajriba: Bir necha tomchi nitrat kislota qo‘shilgan va 50 -60 gradusgacha qizdirilgan 1-2 tomchi molibden suyuqligi eritmasiga 1-2 tomchi natriy gidrofosfat tomiziladi. Sariq cho‘kma tushishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |