1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi


Download 161.91 Kb.
bet14/35
Sana27.01.2023
Hajmi161.91 Kb.
#1130271
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)

SO32- ionining xususiy reaksiyasi.
1.BaCl2 -bariy xlorid (Ba2+ ioni)
Bariy xlorid SO32- ionlari bilan bariy sulfitning oq kristall cho‘kmasini hosil qiladi:
Ba2+ + SO3-2 → BaSO3
cho‘kma HCl va HNO3 da erib, SO2 ajratib chiqaradi.
BaSO3 + 2HCl → H2SO3 + BaCl2
H2SO3 → H2O + SO2
Tajriba: Natriy sulfitning 4-5 tomchi eritmasi shuncha bariy xlorid qo‘shiladi. Cho‘kmaning HNO3 nitrat va xlorid HCl kislotalarida eruvchanligi tekshiriladi. Agar cho‘kma kislotalarda to‘liq erimasa, u holda cho‘kmada bariy sulfit bo‘ladi.


2.Oksidlovchilar bilan o‘tkaziladigan reaksiya
Oksidlovchilar – yod - I2 kaliy permanganat-KMnO4 va boshqalar SO32- ionlarni sulfat ionlargacha oksidlaydi:
Na2SO4 + I2 + 2HCl + H2O → H2SO3 + 2HI + 2NaCl
Tajriba: Natriy sulfidning 2-3 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi xlorid kislota eritmasi va 2-3 tomchi yod eritmasi qo‘shiladi. Yodning rangsizlanishi kuzatiladi. Kaliy permanganat ham kislotali muhitda Mn+7 ning Mn2+ gacha qaytarilishi natijasida rangsizlanadi:
5Na2SO3 + 2KMnO4 + 3H2SO4 → 5Na2SO4 + K2SO4 + 2MnSO4 + 3H2O
Ishqoriy yoki neytral muhitda KMnO4 sulfit ioni ta’sirida IV valentli marganetsgacha qaytariladi, bunda maneanat kislotaning qo‘ngir cho‘kmasi tushadi .
3Na2SO3 + 2KMnO4 + 3H2O → 2H2MnO3 + 3Na2SO4 + 2KOH

Download 161.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling