Temir (II) kationining reaksiyalari. Ikki valentli temir ioni Fe2+ och yashil ranglidir.
O`yuvchi ishqorlar temir (II) ioni bilan berk idishda oq rangli Fe(OH)2 cho`kma hosil qiladi Reaksiya ochiq idishda o+tkazilsa, hosil bolayotgan cho`kma havo kislorodi ta`siridan oksidlanib. oldin yashil, key in qizil-qo`ng`ir rangli Fe(OH)3 cho`kmaga aylanadi.
Ammiak ta`siridan temir (II) ion ham oq rangli Fe(OH)2 cho`kma hosil qiladi.
FeSO4 + 2NH4OH → Fe(OH)2↓ + (NH4)2SO4
Biroq Fe2+ ioni to`lig`icha cho`kmaydi. Fe(OH)2 cho`kmasining ammoniy tuzlarida erishi natijasida Fe2+ ion ammoniy tuzlari ishtirokida Fe(OH)3 shaklida cho`kmaydi. Eritma aralashmasi ochiq havoda qolib ketsa, Fe2+ ionning oksidlanishi natijasida Fe(OH)3 cho`kmasi hosil boladi.
Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlari ta`siridan Fe2+ ioni oq rangli FeCO3 cho`kma hosil qiladi, cho`kma havo kislorodi ta`siridan sekin oksidlanib, qizil-qo`ng`ir rangli Fe(OH)3 ga aylanadi:
Fe2+ + CO32-→FeCO3↓
4FeCO3↓ + 6H2O + O2 → 4Fe(OH)3↓ + 4CO2↑
Ammoniy sulfid temir (II) ioni bilan qora rangli cho`kma -temir (II) sulfid hosil qiladi:
FeSO4 + (NH4)2S→ FeS↓ + (NH4)2SO4
Fe2+ +S2-→FeS↓
Cho`kma mineral va sirka kislotalarida eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi Temir (II) tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha (NH4)2S eritmasi qo`shiladi.
Kaliy geksatsianoferrat (III) - K3[Fe(CN)6] temir (II) ioni bilan to`q ko`ki rangli turnbul ko`ki cho`kmasini hosil qiladi:
3FeSO4+ 2K3[Fe(CN)6] →Fe3[Fe(CN)6)2↓+ 3K2SO4
3Fe2++ 2[Fe(CN)]3-→ Fe3[Fe(CN)6]2↓
Cho`kma kislotalarda erimaydi, lekin ishqorlarda parchalanadi.
Mazkur reaksiya temir(II) ioni uchun o`ziga xos reaksiya bo`lib, uai pH=2 oksidlovchilar bo`lmagan sharoitda o`tkazish kerak. Oksidlovchilar temir (II) ionini oksidlab, temir(III) ioniga aylantirishi mumkin. Unutmaslik kerakki, K3[Fe(CN)6] ning o`zi ham oksidlovchi bo`lgani uchun uni tomchilab qo`shish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |