Ammiak - NH4OH ta`siridan alyuminiy ammoniy tuzlarida erimaydigan А1(ОН)з cho`kmasi hosil qiladi:
Al3+ + 3NH4OH → Al(OH)3↓+ 3NH4+
Natriy, kaliy karbonat tuzlari suvli eritmalarda ishqorli gidrolizlangani uchun alyuminiy ioniga ta`sir ettirilganda alyuminiy gidroksid hosil bo`ladi:
CO32- + H2O→ HCO3– + OH-
Al3+ + 3ОН-→А1(ОН)3↓
Natriy atsetat – CH3COONa alyuminiy tuzlari eritmalari bilan oq rangli pag`asimon (bodroqsimon) cho`kma hosil qiladi:
Al3+ + 3СН3СОО- + 2H2O→ А1(ОН)2СН3СОО↓+ 2CH3COOH
Hosil bo`lgan oksiatsetat sirka va mineral kislotalarda eriydi. Reaksiya ancha suyultirilgan eritmalarda yuqori haroratda tez boradi.
Natriy gidrofosfat - Na2HPO4 alyuminiy ioniga ta`sir etganda oq rangli AlPO4 cho`kma hosil bo`ladi:
Al3+ + 2HPO42- → AlPO4 + H2PO4
Malum bo`lishicha, gidrofosfat eritmasida amalda fosfatli bufer aralashma (Na2HPO4+NaH2PO4) hosil bo`lib, uning pH qiymati 6,6 atrofida bo`ladi. Fosfat tuzi quyidagi reaksiya natijasida hosil bo`ladi:
2HPO42- →PO43- + Н2PO4-
Xrom (III) kationining reaksiyalari
O`yuvchi ishqorlar xrom (III) tuzlari bilan kulrang-binafsha yoki kulrang-yashil rangli Сr(ОН)3 cho`kmani hosil qiladi:
Сr3+ + 3ОН→Сr(ОН)3↓
Ishqor mo`l qo`shilganda cho`kma erib ketadi va och yashil rangli xromit eritmasi hosil
bo`ladi:
Сr(ОН)3↓ + OH- →СrO2- + 2H2O
Aluminatlardan farqli ravishda xromitlar qaynatilganda parchalanib, у ana Сr(ОН)3 cho`kmani hosil qiladi:
CrO2 + 2H2O → Сr(ОН)3↓ + OH
Ammiak eritmasi xrom (III) ioni bilan Сr(ОН)3 cho`kmasini hosil qiladi. To`la cho`kish pH~6 bo`lganda amalga oshadi. Ammiakli bufer aralashma muhitida ham to`la cho`kishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |