1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi
Kalsiy kationing reaksiyalari
Download 161.91 Kb.
|
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaksiyani bajarish.
- Reaksiyani bajarish
Kalsiy kationing reaksiyalari
Ammoniy karbonat - (NH4)2CO3 kalsiy ioni bilan qizdirilganda kristal holatiga o`tadigan oq amorf cho`kma - CaCO3 hosil qiladi: CaCl2 + (NH4)2CO3 → CaCO3 + 2NH4C1 Ca2+ + CO32- → CaCO3↓ СаСОз cho`kmasi kuchli kislotalar va CH3COOH da eriydi Reaksiyani bajarish. 2-3 tomchi CaCl2 eritmasiga (NH4)2CO3 eritmasidan 3-4 tomchi tomiziladi. Ammoniy oksalat - (NH4)2C2O4 Ca2+ ioni bilan qo`shilganda CaC2O4 ning oq mayda kristall cho`kmasini hosil qiladi: CaCl2 + (NH4)2CO3 → CaC2O4↓ + 2NH4Cl Ca2+ + C2O42- → CaC2O4↓ Reaksiyani bajarish. Bunda 1-2 tomchi CaCl2 eritmasiga 2-3 tomchi (NH4)2CO3 eritmasi qo`shiladi. I-II guruh kationlarini ochish reaksiyalarini bajarish va ularning aralashmasini analizi. Birinchi va ikkinchi guruhlar kationlari aralashmasi bir jinsli (cho'kmasiz eritma) yoki ikki jinsli (cho‘kmali eritma) shaklida bo'lishi mumkin. Aralashma bir jinsli bo'lsa, analiz ancha yengil o‘tadi. Agar aralashma tarkibi cho‘kma va eritmadan iborat bo'lsa, analiz murakkablashadi. Murakkablashish cho'kmani eritish, uni analiz uchun qulay shaklga o'tkazish va boshqalar bilan bog'liq bo'ladi. Biz analiz usullari orasidan eng sodda va qulayini tanlab, shu usul ustida to'xtalamiz. Har qanday moddani (aralashmani) sistematik analiz qilishdan oldin taxminiy sinashlar o'tkaziladi. 1. Taxminiy sinashlar: a) eritma pH qiymatini aniqlash uchun universal indikator qog‘ozidan foydalaniladi; b) ikkinchi analitik guruh kationlari borligini tekshirish guruh reagenti - (NH4)2CО3 va ammiakli bufer aralashma ishtirokida olib boriladi. Bunda eritmaga ammoniy ioni qo'shilayotganligi uchun ham analizni boshlashdan oldin NH4+ ioni topilishi kerak. NH4+ ionini topish uchun ishqor eritmasi yoki Nessler reaktivi ta’sirida boradigan sifat reaksiyalardan foydalaniladi; d) agar tekshiriladigan eritma ostida cho'kma bo'lsa, cho'kma tarkibida birinchi va ikkinchi guruhlar kationlarining suvda erimaydigan tuzlari bo'lishi mumkin. Bu tuzlarning sulfatlardan tashqari barchasi sirka yoki suyultirilgan xlorid kislota eritmalarida eriydi. Cho'kma tarkibida sulfatlar borligini tekshirib ko'rish uchun tekshiriladigan aralashma astoydil chayqatilib, hosil qilingan loyqadan 2-3 tomchi olinadi va unga 3-4 tomchi 2N HCl eritmasi tomiziladi. Agar cho'kma to'liq erimasa, tekshiriladigan cho'kmali eritma tarkibida sulfatlar bor, deyish mumkin. Cho'kma tarkibida sulfatlar bo'lsa, ikkinchi analitik guruh kationlari kalsiy, stronsiy va bariy shu cho'kma bilan ajratiladi; e) ikkinchi guruh kationlarining mavjudligini tekshirish uchun aralashmaning bir qismiga (agar unda cho'kma bo'lmasa) guruh reagenti ta’sir ettiriladi. Agar oq cho'kma hosil bo'lsa, demak, bu ikkinchi guruh kationlarining borligini ko'rsatadi. Birinchi va ikkinchi guruhlar kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi. Tekshiriladigan aralashma tarkibida cho'kmaning bo'lish yoki bo'lmasligiga qarab analiz tartibi o'zgaradi. Agar tekshiriladigan aralashma tarkibida cho'kma bo'lmasa, ikkinchi guruh kationlari guruh reagenti ta’siridan pH~9,2 bo'lganda to'la cho'ktirib ajratiladi va alohida-alohida tekshiriladi. Birinchi analitik guruh kationlarining analizi yuqorida (2.1.1.1.6.) bayon qilingan. Ikkinchi analitik guruh kationlari cho'kmasi analizi (3-band)da keltirilgan. Agar aralashmada cho'kma bo‘lsa, analiz tartibi quyidagicha bo'ladi. Sulfatlarni ajratish. Tekshiriladigan aralashmada sulfatlar borligi aniqlansa, eritmadan 0,5-1 ml olinib, unga 5-6 tomchi 6N li H2SO4 eritmasi, bir necha millilitr 96 % li etil spirti qo'shiladi va aralashma 60-80 °C haroratda qizdiriladi. Bunda ikkinchi guruh kationlarining to‘la cho‘kishiga erishiladi. So'ngra cho'kma sentrifugalab ajratiladi. Cho'kma spirt bilan ajratilgandan keyin uning tarkibini tekshirish uchun sulfatlar natriy yoki kaliy karbonatning to‘yingan eritmasi yoxud qattiq tuzlari bilan yuqori haroratda ishlanadi. Download 161.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling