1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi
Download 161.91 Kb.
|
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ammiak
- Natriy gidrofosfat
- III guruh kationlarini ochish reaksiyalarini bajarish va III guruh kationlarini aralashmasini analiz qilish.
Xrom (VI) ionining borligi yoki hosil bo`lganligini baholashda tekshiriladigan aralashmaga BaCl2 eritmasi tomiziladi, bunda BaCrO4 ning sariq cho`kmasi hosil boladi:
Ba2+ + СrO42-→BaCrO4 ↓ Temir (III) kationining reaksiyalari Uch valentli temir tuzlarining eritmalari sariq yoki qizil-qo`ng`ir rangli bo`ladi. O`yuvchi ishqorlar temir (III) tuzlari bilan qizil-qo`ng`ir rangli kuchli kislotalarda eriydigan Fe(OH)3 cho`kmani hosil qiladi: Fe3+ + 3ОН- →Fe(OH)3↓ Alyuminiy, xrom va rux gidroksidlaridan farqli ravishda amalda Fe(OH)3 ishqorlarda erimaydi. Temir (III) ioni Fe(OH)3 shaklida pH~3,5 bo`lganda toliq cho`kiadi. Ammiak ham temir (III) tuzlari bilan qizil-qo`ng`ir rangli cho`kma hosil qiladi. Natriy atsetat sovuq sharoitda temir (III) ioni bilan qizil rangli kompleks birikma [Fe(CH3COO)6(OH)2]+ hosil qiladi. Qizdirganda bu modda qizil-qo`ng`ir Fe(OH)2CH3COO cho`kma hosil qiladi. Natriy gidrofosfat temir (III) bilan sarg`ish rangli cho`kma -FePO4 hosil qiladi. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar temir (III) ioni bilan qo`ng`ir rangli (FeOH)2(CO3)2 tarkibli kislotalarda eriydigan cho`kma hosil qiladi. Bu cho`kma qizdirganda gidroliz tufayli Fe(OH)3 ga aylanadi. III guruh kationlarini ochish reaksiyalarini bajarish va III guruh kationlarini aralashmasini analiz qilish. Uchinchi analitik guruh kationlarining guruh reagenti ta`siridan hosil qilgan birikmalari birinchi va ikkinchi analitik guruh kationlaridan farqli ravishda gidrolizga turlicha uchraydi. Bu guruh kationlarining ko`pchiligi oksidlanish-qaytarilish (Mn, Fe, Cr, Ce, Co, Ni, Ti) va komplekslar hosil qilish (Al, Zn, Fe, Cr, Co, Ni va hokazo) reaksiyalariga kirishadi. Ularning ayrimlari (alyuminiy, berilliy, rux, xrom (III) va hokazo) bu xossalaridan tashqari amfoterlik xossalari bilan ham farqlanadilar. Kationlaming ko`rsatib o`tilgan xossalari ularni topish, aniqlash, niqoblash va hokazo uchun ishlatiladi. Uchinchi guruh kationlarining ko`pchiligi rangli birikmalar hosil qiladi. Cr (III) - yashil yoki binafsha, Cr (VI) - sariq, Co - qizil yoki pushti, Ni-yashil, Mn (II)-pushti, Mn (IV)-qora-qo`ng`ir, Mn(VI) yashil, Mn (VII) - qizil-binafsha, Fe(CH3COO)3 - qizg`ish, FeAsO4 yashil, FeBr2 - qizil, FeCl3 - jigarrang-sariq, Fe4[Fe(CN)6]3, Fe3[Fe(CN)6]2 va Co(SCN)2 - ko`k va hokazo. Oksidlovchi va qaytaruvchilar ishtirokida Cr (III) va Cr (VI), Fe(II) va (III), Mn (П), Mn (IV) va Mn (VII), Co (II) va (III), Ni (II) va (III) ionlar beqaror bo`lib, tezda o`z oksidlanish darajasini o`zgartiradi. Fe3+, Al, Cr3+, Be, Ti4+ va boshqa bir qator ionlar Na2HPO4 ta`siridan suvda va sirka kislotada kam eriydigan fosfatlar, CH3COONa ta`siridan oksiatsetatlar, NH4OH+NH4Cl ta`siridan esa gidroksidlar hosil qiladi. Fe2+, Zn2+, Mn2+, Ni2+ va Co2+ ionlari Na2HPO4 ta`siridan sirka kislotasida eriydigan cho`kmalar hosil qiladi, ammo CH3COONa ta`siridan oksiatsetatlar va NH4OH+NH4CI ta`siridan gidroksidlar hosil qilmaydi. Download 161.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling