10-Vaziyatli masalaning yechimini toping va ish daftaiga tegishlicha rasmiylashtiring
Download 285,3 Kb.
|
10-topwiriq bajarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHinligini aniqlash.
10-Vaziyatli masalaning yechimini toping va ish daftaiga tegishlicha rasmiylashtiring1. Metalni qayta ishlash korxonasida po‘lat, latunni xromlash, kadmiylash va nikellash ishlari amalga oshiriladi. Korxonada yangi xodimlar ishga qabul qilinganda ularga texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishishi shart. Ana shunday bir guruh yangi ishga qabul qilingan xodimlar texnika xavfsizligi qoidalari haqida shikoyat qilishdi. Ish kuni davomida D ismli shaxsda kuchli qayt qilish kuzatildi. Qusuq mahsulotlari ko‘kimtir yashil rangda edi. Bemor zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi. Birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsada, u xayotdan ko‘z yumdi. Bemor qanday metallar bilan zaharlangan?. Sud kimyo tekshiruviga ko‘ra biologik ob’ektdan ajratib olingan ajratmadan dastlabki tekshirish olib borilganda minerilizatga 5% K3[Fe(CN)6] eritmasi va 2% CdC12 eritmasi bilan nilufar rangli cho‘kma va piridinrodan reaktivi bilan xloroform qatlam zumrad yashil rangni hosil qilgan. Savol- marganets, xrom, mis, kadmiy kabi og‘ir metallarni chinligi aniqlansin. CHinligini aniqlash. Mineralizatdagi marganets ionlarini kaliy peryodat va ammoniy persulfat bilan oksidlash reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Mazkur reaktivlar bilan marganets ionlari oksidlangandan so‘ng binafsha (qizil pushti) rangli permanganat ionlari hosil bo‘ladi. Har ikki reaksiya marganets ionlarini aniqlash uchun xususiydir, chunki boshqa metallarining kationlari ko‘rsatilgan reaktivlar bilan oksidlanganda qizil binafsha rang hosil qilmaydi. 1. Kaliy peryodat bilan reaksiya. Tahlil uchun oz miqdordagi (1 ml) mineralizat olinadi, chunki margenets ionlari inson organizmida ko‘p uchraydi. Reaksiyani bajarish uchun 1 ml mineralizatga suv va NaH2РO4 to‘yingan eritmasi qo‘shib qaynayotgan suv hammomida 5-6 daqiqa qizdiriladi. So‘ngra kumush nitrat eritmasidan hamda ammoniy persulfat tuzidan qo‘shib yana qizdiriladi. Marganets bo‘lsa, qizil-pushti rang hosil bo‘ladi. Marganets ionlari saqlovchi suyuq eritmalar kaliy peryodat ta’siridan to‘q-qizil rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Fosfatlar ishtirokida esa cho‘kma hosil bo‘lmaydi, aksincha marganets ionlarini Mn+2 dan MnO4- gacha oksidlanishi kuzatiladi: 2 Мn+2 + 5КIО4 + 3Н2О → 2МnО4- + 5КIO3 + 6Н+ Reaksiyaning aniqlash chegarasi 100 g ob’ekt uchun 0,02 mg tashkil qiladi.
Mn2+ + 2S2O82- + 4H2O H2MnO4 + 4SO42- + 6H+ ishqoriy muhitda katalizatorsiz qizdirilsa MnO2 hosil bo‘ladi: Mn2+ + S2O82- + 4OH- MnO2 + 2SO42- + 2H2O Qizdirishni katalizatorlar ishtirokida (AgNO3 yoki Со(NO3)2, nikel va simob tuzlari) olib borilsa HMnO4 gacha oksidlanadi: 2MnSO4 + 5(NH4)2S2O8 + 8H2O 2HMnO4 + 7H2SO4 +5(NH4)2SO4 Reaksiyalarni olib borishda temir ionini ta’sirini yo‘qotish maqsadida NaH2РO4, xlor ionini esa AgNO3 qo‘shiladi. Fe3+ ioni permanganat ioni rangini aniqlashga xalaqit beradi va uni fosfatlar qo‘shib niqoblanadi. Bunda rangsiz [Fe(РO4)2]3- ioni hosil bo‘ladi. Marganetsni ammoniy persulfat bilan oksidlashda xloridlar, bromidlar va boshqa ionlar halal beradi. Ularni Ag+ ioni cho‘ktiradi va u katalizatorlik vazifasini bajaradi. Reaksiyaga kuchli kislotali muhit halal beradi, bunda ortiqcha kislota MnO4- ionini Mn2+ ionigacha qaytarishi mumkin: 2MnO4- + 5S2O82- + 2H2O 2Mn2+ + 10SO42- + 5O2 + 4H+ Reaksiya bilan 100 g ob’ektdan 0,1 mg margenetsni aniqlash mumkin. Reaksiyaga xrom ioni xalaqit beradi, chunki Cr+3 dan Cr+6 gacha oksidlanib zarg‘oldoq rang hosil qiladi: Cr2(SO4) + 3(NH4)2S2O8 + 7H2O --->H2Cr2O7 +3(NH4)2SO4+6H2SO4 Mineralizatni yashil rangi taxminan xrom borligidan dalolat beradi. Bunday hollarda marganetsni xromdan quyidagicha ajratiladi: mineralizatga pH=8 muhitda va dietilditiokarbaminat qo‘shilsa marganets kompleks birikma xosil qiladi va organik erituvchi (xloroform) bilan ekstraksiyalab ajratib olinadi: YUqorida keltirilgan har ikkala reaksiya Mn2+ borligini tasdiqlasa zaharlanish sodir bo‘lgan deb baholanadi. Kaliy peryodat bilan rang hosil bo‘lgani holda ammoniy persulfat bilan reaksiya bermasa tabiiy marganets aniqlangan deb hisoblansa bo‘ladi.
Download 285,3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling