10-Vaziyatli masalaning yechimini toping va ish daftaiga tegishlicha rasmiylashtiring


Download 285.3 Kb.
bet2/4
Sana04.12.2020
Hajmi285.3 Kb.
#158745
1   2   3   4
Bog'liq
10-topwiriq bajarish


CHinligini aniqlash. Sud kimyosi tahlillarida xromni aniqlash uchun nadxrom kislotasini hosil bo‘lish va difenilkarbozid bilan boradigan reaksiyalaridan foydalaniladi.

1. Nadxromat kislotasini hosil bo‘lish reaksiyasi. Mineralizatdagi Cr+3 ioni persulfat ammoniy bilan kumush tuzi katalizatori ishtirokida dixromat ioniga o‘tkaziladi. Bunda reaksion aralashma avval suv hammomida qizdiriladi, so‘ngra sovitilib, keyin natriy digidrofosfat tuzi ko‘shib, pH muhit 1,5-1,7 ga keltiriladi. So‘ngra reaksion aralashmaga vodorod peroksid qo‘shilsa ko‘k rangli nadxrom kislotasi hosil bo‘lib, u H2CrO6, H3CrO8, H7CrO10 kabi tuzilishlarga ega bo‘lishi mumkin:

H2Cr2O7 + 3H2O2  H2CrO6 + 3H2O

H2Cr2O7 + 3H2O2  H3CrO8 + 3H2O

Nadxrom kislotasi beqaror birikma bo‘lib, suvli eritmalarda tezda parchalanadi. SHuning uchun uni tezda organik erituvchi (dietil efiri, etil atsetat, amil spirti) yordamida ekstraksiyalanadi. Organik erituvchi qatlami ko‘kimtir rangda bo‘ladi.

Reaksiya sezgirligini Fe+3 va Sb+3 ionlari pasaytiradi, ularni niqoblash uchun NaH2PO4 qo‘shiladi. Cl- anioni ta’sirini esa AgNO3 qo‘shib yo‘qotiladi. Reaksiya sezgirligi 2 mkg ni tashkil qiladi. 100 g biologik ob’ektdan 0,2 mg xrom aniqlanishi mumkin.

CHinligini aniqlash. Mineralizatdagi mis kationini aniqlash maqsadida uni mis dietilditiokarbamati holida xloroform bilan ekstraksiyalab ajratiladi va so‘ng simob xlorid (HgCl2) ishtirokida qayta ekstraksiyalanadi. Natijada simob dietilditiokarbamat simob hosil bo‘lib, mis ioni suvli qatlamga o‘tadi.

Mineralizatga 2,4-dinitrofenol (10 ml indikator) qo‘shib, sariq rang (pH=3) hosil bo‘lguncha 25% ammiak eritmasi qo‘shiladi. Aralashmaga ajratgich voronkada 5 ml qo‘rg‘oshin dietilditiokarbamatining xloroformdagi eritmasi qo‘shib chayqatiladi. Xloroform qavati sariq qo‘ng‘ir rangga bo‘yalsa, xloroformli qatlam ajratib olinadi. Ekstraksiyalash misni to‘liq ajratib olguncha davom ettiriladi. Umumlashtirilgan ekstrakt avval xlorid kislotasi eritmasi bilan yuvib ortiqcha qo‘shilgan reaktiv yo‘qotilgach, qolgan xloroformli ajralma ustiga rang yo‘qolguncha tomchilab asta - sekin HgCl2 eritmasi qo‘shib chayqatiladi. Reaksiya natijasida suvli qatlam och - havo rangga kiradi, uni ajratilgach mis kationiga tekshiruvlar olib boriladi:



Mineralizat qo‘rg‘oshin dietilditiokarbaminat bilan tekshirilganda qo‘ng‘ir rang hosil bo‘lmasa, mis uchun tekshirish davom ettirilmaydi.

Download 285.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling