10-Vaziyatli masalaning yechimini toping va ish daftaiga tegishlicha rasmiylashtiring


Download 285.3 Kb.
bet3/4
Sana04.12.2020
Hajmi285.3 Kb.
#158745
1   2   3   4
Bog'liq
10-topwiriq bajarish


CHinligini aniqlash. Mineralizatdan kadmiy kationi sharoiti pH-12 ga etkazib dietilditiokarbamat holida xloroform bilan ekstraksiyalab ajratiladi.

Qo‘ng‘ir rangli xloroform qatlamidagi Cd(DDTK)2 dan kadmiy xlorid kislota yordamida reekstraksiyalanadi va suvli eritma bilan quyidagi reaksiyalar olib boriladi:



1. Natriy sulfid bilan reaksiyasi. Reekstraktning bir qismiga muhit pH=5 bo‘lguncha ishqor (2,5 n) eritmasi va yangi tayyorlangan Na2S eritmasidan yoki vodorod sulfidli suv qo‘shilganda kadmiy bo‘lsa, sariq rangli cho‘kma hosil bo‘ladi:

Aniqlanish chegarasi 50 mkg ga teng.



Reaksiya natijasi manfiy bo‘lsa, suvli eritmani kadmiy ioniga tekshirilmaydi, musbat bo‘lsa, quyidagi qo‘shimcha reaksiyalar olib boriladi.

2. Brutsin va kaliy bromid bilan reaksiyasi. Buyum oynachasida 2-3 tomchi reekstrakt quritilgach, qoldiq ustiga brutsin va kaliy bromid eritmasi tomiziladi, so‘ng mikroskop ostida tekshiriladi. Sferoid shaklidagi yig‘ilgan prizmalar hosil bo‘lishi kadmiy borligini bildiradi (brutsin H2CdBr4) (6.5-rasmga qarang). Aniqlanish chegarasi 0,12 mkg kadmiyga teng.

3. Piridin va kaliy bromidi bilan reaksiyasi. Buyum oynachasida 2-3 tomchi reekstrakt quritilgach, qoldiqqa 1 tomchidan piridin va 5% KBr eritmasi qo‘shilib mikroskopda tekshiriladi. Kadmiy bo‘lgan taqdirda sferoid shaklida yig‘ilgan rangsiz prizmalar hosil bo‘ladi (6.6-rasmga qarang). Aniqlanish chegarasi 0,05 mkg.



6.5-rasm. Kadmiy kationining

brutsin va KBr bilan bergan kristallari



6.6-racm. Kadmiy kationining

piridin va KBr bilan bergan kristallari



Download 285.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling