1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi
Download 161.91 Kb.
|
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba
3.AgNO3 - kumush nitrat (Ag+ ioni)
AgNO3 SO32- ionlari bilan neytral muhitda kumush sulfitning oq kristal cho‘kmasini hosil qiladi: Na2SO3 + 2AgNO3 → Ag2SO3 + 2NaNO3 SO3-2 + 2Ag+ → Ag2 SO3 Cho‘kma HNO3 va NH4OH da eriydi: Ortiqcha miqdor Na2SO3 da cho‘kma kompleks tuz hosil qilib eriydi. Ag2SO3 + Na2SO3 → 2Na [Ag(SO3)] Kompleks tuz eritmasi yoki Ag2SO3 cho‘kmasi qaynatilganda kumush metali ajralib chiqadi: 2Na [Ag(SO3)] → 2Ag + Na2SO4 + SO2 Tajriba: Natriy sulfitning 4-6 tomchi eritmasiga shuncha kumush nitrat qo‘shiladi. CHo‘kmali eritma uch qismga bo‘linadi va cho‘kmaning suyultirilgan nitrat kislotada, ammoniy gidroksidda va ortiqcha miqdor natriy sulfitda erishi tekshiriladi. Uchinchi probirkadagi eritma qaynatiladi va eritmadan kumush metalining ajralishi kuzatiladi. CO32- ionlarining xususiy reaksiyasi. 1.BaCl2 bilan o‘tkaziladigan reaksiya BaCl2 CO32- ionlari bilan nitrat, xlorid va sirka kislotalarda eriydigan bariy karbonatning oq cho‘kmasini hosil qiladi: CO3-2 + Ba2+→ BaSO3 Tajriba: natriy karbonatning 4-5 tomchi eritmasiga shuncha bariy xlorid qushiladi. Cho`kmaning kislotalarda erishi tekshiriladi. 2.Kislotalar bilan o‘tkaziladigan reaksiya Suyultirilgan kislotalar karbonatlarni parchalaydi, bunda karbonat angdrid ajralib chiqadi. Na2CO3 + 2HCl → 2NaCl + H2O +CO2↑ CO3-2 + H+ → H2O + CO2↑ Bu CO32- ioniga spetsifik reaksiyadir. Karbonat angidrid gazining ajralib chiqishi ohakli yoki bariyli suvning loyqalanishidan aniqlanadi: Ca(OH)2 +CO2 → CaCO3↓ + N2O CO2 ni uzoq vaqt yuborilganda cho‘kma kalsiy bikarbonat hosil bo‘lishi natijasida eriydi: CaCO3 + H2O → CO2 + Ca(HCO3)2 Tajriba: Tajriba sulfit angidrit gazini aniqlash uchun ishlatiladigan asbobda o‘tkaziladi. Asbob sklyankasiga 5-6 tomchi karbonat eritmasi va shuncha xlorid kislota solinadi. Sklyanka og‘zi 1-2 tomchi ohakli suv bor pipetka o‘tkazilgan probka bilan tez berkitiladi va ohakli suvning loyqalanishi kuzatiladi. Download 161.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling