1 laboratoriya ishi trimetilamin olinishi


Download 222.44 Kb.
bet6/8
Sana07.02.2023
Hajmi222.44 Kb.
#1176073
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5370913460425074391

4 LABORATORIYA ISHI
ETANOLNI OKSIDLASH BILAN ATSETALDIGID OLISH




Ishning maqsadi: Spirtlarni oksidlash bilan karbonilli birikmalar olish usullari bilan tanishish.
Nazariy qism:
Birlamchi va ikkilamchi spirtlarni aldegid va ketonlarga oksidlashni xrom va nitrat kislota, xromli aralashma, marganes dioksidi yoki selen dioksidi bilan amalga oshirilishi mumkin. Sanoat amaliyotida havo kislorodi oksidlovchi sifatida ishlatiladi.
Xrom kislotasi bilan oksidlanganda spirt unga nukleofil birikadi, bunda suv ajraladi va xrom kislotasi efiri hosil bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda, siklik o‘tish holati orqali o‘tishda, spirtning α-vodorodi xromat qoldig‘iga o‘tadi va olti valentli holatdan metall to‘rt valentliga o‘tadi:


Keyin to‘rt valentli xrom spirt bilan qaytarish natijasida uch valentli holatga tushiriladi, shunda yakuniy natijani quyidagi tenglama yordamida yozish mumkin:

Birlamchi spirtlarning oksidlanishi paytida hosil bo‘lgan aldegid keyingi karbon kislotaga oksidlanishdan himoyalangan bo‘lishi kerak. Masalan, aldegidni reaksiya aralashmasidan doimiy ravishda haydash bilan chiqarish mumkin, chunki aldegidning qaynash harorati odatda tegishli spirtning qaynash haroratidan past bo‘ladi. Shunga qaramay, bikromat bilan oksidlanish jarayonida aldegidlarning unumi odatda 60% dan oshmaydi.
Etil spirtini oksidlash bilan asetaldegid olish mumkin:

Asetaldegid - organik sintezning muhim oraliq mahsulotidir. Uning oksidlanishi bilan sirka kislotasi, sirka angidrid va peroksisirka kislota olinadi (oxirgisi oksidlovchi sifatida ishlatiladi). Aldol kondensatsiya bosqichi orqali asetaldegiddan pentaeritrit, butandiol-1,3, kroton aldegidi va n-butil spirtlari sintez qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, sanoatda asetaldegid asosan, etilenni PdCl2 katalizatori ishtirokida oksidlash orqali olinadi.
Jihozlar:
Uch og‘izli kolba - 500 ml;
tomchilovchi voronka;
qaytar sovutgich;
konussimon kolba (2 ta);
ultratermostat;
elektroplitka;
bug‘latgich;
kimyoviy stakan - 500 ml;
titrlash uchun byuretka;


Download 222.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling