1 laboratoriya ishi trimetilamin olinishi
Reaktivlar va materiallar
Download 222.44 Kb.
|
2 5370913460425074391
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazifa
Reaktivlar va materiallar:
toluol; kaliy permanganat; xlorid kislota; etil spirti yoki oksalat kislotasi; suv; filtr qog‘ozi; indikator qog‘ozi. Ishning bajarish tartibi. Qaytar sovutgich bilan ta’mirlangan 150 ml hajmli dumaloq tubli kolbaga 2,5 ml toluol, 3,2 g mayda maydalangan kaliy permanganat va 75 mg suv solinadi va suv hammomida (yoki qum hammomida) 3 soat davomida eritma rangsizlanguniga qadar isitiladi. Bir hil qaynatish uchun kolbaga bir nechta "qaynatgich" tashlanadi. Agar reaksion aralashma hamon rangli bo‘lsa,unda 0,5 ml etil spirti yoki 0,25 g oksalat kislota qo‘shib qizdirilganda rangsizlanishga erishiladi. Reaksiya tugagandan va sovutilgandan so‘ng cho‘kindi marganes dioksidi kichik Byuxner voronkasida filtrlanadi va oz miqdordagi issiq suv bilan ikki marta yuviladi. Filtrat bir-biriga qo‘shiladi suv hammomida (yoki qum hammomi) 15-20 ml hajmgacha bug‘latiladi. Marganes dioksidi yana filtrlanadi va 5 ml issiq suv bilan bir marta yuviladi. Filtrat – kaliy benzoat eritmasi - suyultirilgan (1:1) xlorid kislota ta’sirida erkin benzoy kislotaga aylanadi (kislotali reaksiyagacha indikator qog‘ozi yordamida aniqlanadi). Cho‘ktirilgan benzoy kislota kichik Byuxner voronkasida ajratiladi, oz miqdordagi sovuq suv bilan yuviladi va quritiladi. Benzoy kislotaning unumi ~2 g. Vazifa: benzoy kislotaning hosil bo‘lish unumini, erish va qaynash haroratlarini aniqlang. Nazorat savollari Benzoy kislota olish jarayonidagi asosiy reaksiya qanday? Benzoy kislota olish jarayonida qanday oraliq reaksiyalar sodir bo‘ladi? Benzoy kislotani tozalash qanday amalga oshiriladi? Benzoy kislota qaysi sohalarda qo‘llaniladi? Benzoy kislota sintezida qanday reaktivlardan foydalaniladi? Nima uchun Byuxner voronkasidan foydalaniladi? Ish bajarish uchun foydalaniladigan qurilmaning sxemasini chizing. Toluoldan benzoy kislota olish jarayoniga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Aromatik birikmalarni oksidlashda qanday oksidlash vositalari qo‘llaniladi. Benzoy kislota olishning yana qanday usullarini bilasiz? Download 222.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling