1-laboratoriya ishi uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sxemasini o‘rganish, yig‘ish va sozlash. Ishning maqsadi
Download 152.39 Kb.
|
EMT lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar
- 1.1– rasm. Asinxron dvigatelni reversiv magnit ishga tushirgichdan foydalangan xolda boshqarish sxemasi
1-LABORATORIYA ISHI Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sxemasini o‘rganish, yig‘ish va sozlash. Ishning maqsadi. Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sxemasini o‘rganish, yig‘ish va sozlash bo‘yicha ko‘nikmalar olish. Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar Laboratoriya sxemasi yig‘ish.Bu sxemaning asosiy elementi reversiv magnit ishga tushirgich bo‘lib, u o‘z ichiga ikkita chiziqli kontaktor KM1 va KM2 larni, hamda ikkita ximoyalash issiqlik relesi KK ni oladi (1.1-rasm). Sxema dvigatelni bevosita ishga tushirish va reverslashni, shuningdek dastaki boshqariladigan (avtomatik bo‘lmagan) teskari ulanishli to‘xtatishni ta’minlaydi. 1.1– rasm. Asinxron dvigatelni reversiv magnit ishga tushirgichdan foydalangan xolda boshqarish sxemasi Sxemada dvigatelni o‘ta yuklamadan (rele KK) va stator (avtomatik o‘chirgich QF) va boshqarish (saqlagichlar FA) zanjirlaridagi qisqa tutashuvdan, hamda tarmoq kuchlanishning yo‘qolishidan (yoki kamayishidan) nul himoya (kontaktor KM1 va KM2) lar ko‘zda tutilgan. Dvigatelni avtomatik o‘chirg‘ich QF ulangan holda shartli “Oldiga” va “Orqaga” yo‘nalishlarida ishga tushirish mos ravishda tugmacha SB1 va SB2 larni bosish bilan amalga oshiriladi. Bu kontaktor KM1 yoki KM2 larni ishga tushirishga, dvigatelni tarmoqqa ulanishiga va uni tezlashishiga olib keladi. Dvigatelni reverslash yoki to‘xtatish uchun oldin tugmacha SB3 bosi-ladi va bu shu paytgacha ulanib turgan kontaktorni (misol uchun, KM1) uzilishiga olib keladi, shundan so‘ng tugmacha SB2 bosiladi. Bu kontaktor KM2 ni ulanishiga va AD ga fazalar almashishining boshqa tartibi bilan ta’minlash manbasining kuchlanishini berilishiga olib keladi. Dvigatelni magnit maydoni o‘zining aylanish yo‘nalishini tekari tomonga o‘zgartiradi va reverslash jarayoni boshlanadi. U ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: teskari ulanishli to‘xtatish va teskari tomonga tezlanish. Dvigatelni faqat to‘xtatish kerak bo‘lgan xollarda, nul tezlikka erishganda tugmacha SB3 yana bir bor bosilishi zarur, bu dvigatelni tarmoqdan uzilishiga va sxemani boshlang‘ich xolatga qaytishiga olib keladi. Agar tugmacha SB3 bosilsa, bu dvigatelni boshqa tomonga qarab tezlanishiga, ya’ni uni reverslashga olib keladi. Stator zanjiridagi qisqa tutashuvni oldini olish uchun (u tugmacha SB1 va SB2 larni xato tarzda bir paytning o‘zida bosilishi natijasida xosil bo‘ladi), reversiv magnit ishga tushirgichlarda ba’zida maxsus mexanikaviy blokirovkalash ko‘zda tutilgan. U, richakli tizim ko‘rinishida bo‘lib, agar bir kontaktor ulangan xolda bo‘lsa, ikkinchisini ishga tortilishini oldini oladi. Sxemada mexanikaviy blokirovkalashga qo‘shimcha reversiv boshqarish sxemalarida qo‘llaniladigan, andozaviy elektrik blokirovkalashdan foydalaniladi. U apparat KM1 ning uzuvchi kontaktorlarini apparat KM2 ning g‘altagi zanjiriga chorraxali ulanishni ko‘zda tutadi. Ta’kidlash kerakki, sxemada xavo avtomatik uzgich QF ning qo‘llanilishi ishonchlilik va ishlatilishdagi qulaylik omiliga olib keladi. Uning borligi, yuritmani biron bir faza uzilganda, bir fazali qisqa tutashuvda ishlash imkoniyatini bermaydi (bular saqlagichlar o‘rnatilgach xosil bo‘lishi mumkin), shuningdek elementlarni almashtirishni talab etmaydi (saqlagichlarda ularning eruvchi kirgazmasi kuygandagi kabi) Bajarilgan ish to‘g‘risidagi xulosalarda tekshirilgan boshqarish sxemasining xossalarini bayon qilish, dvigatelni yurgizish va reverslashni xarakterlovchi parametrlarning o‘rtacha qiymatlari keltiriladi. Download 152.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling