1 лаборатория иши
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 - Laboratoriya ishi. Gruntni suv sizish koeffitsientini aniqlash.
7. Gruntlarni suv shimuvchanligi - Wp - g’ovaklari suv bilan to’la turgan gruntdagi namlik xolati.
Wp = e s/s , % (5) 8. Gruntlarni namlik darajalari - G G = W/Wp = W s/ e s (6) Gruntlarni namlik darajasi 0 dan (agar W=0) 1 gacha o’zgarar ekan (agar W=Wp). G’ovaklarni suvga to’lish ko’rsatgigacha ko’ra, qumlar quydagi toifalarga bo’linadi. G < 0,50 - namligi kam 0,50 G 0,80 - nam grunt G 0,80 - suvga to’yingan (g’ovaklari suv bilan to’la) 9. Grunt g’ovaklari suv bilan to’yingan xoli uchun G=1 g’ovaklik koeffitsienti quyidagi ifodadan xisoblanadi. e = W s /s (7) 10. Suvga to’yingan kum va supeslarda, zichlikni muallaq xolati uchun miqdorlarini quyidagi ifoda bilan aniqlanadi. v= (s - 1)/(1+ e ), undagi 1/(1+ e )= 1- n dan (8) v= ( - s )/(1- n), gk/sm3 (9) 10 - Laboratoriya ishi. Gruntni suv sizish koeffitsientini aniqlash. Suv sizish koeffitsienti deb - gidravlik gradienti va kundalang kesim yuzasi birga teng bo’lgan gruntdan sizib o’tgan suv miqdorini belgilovchi kattalikga aytiladi. Gruntlarda g’ovaklik bo’lganligi uchun, ulardan suv sizadi. Sizib o’tadigan suvni miqdori gruntni g’ovaklari katta kichikligiga va donalarini yopishqoqligiga bog’liq. SHuning uchun qumlarda sizuvchanlik, gillarga nisbatan juda kattadir. Maqsadi: Suv sizuvchanlik to’g’risidagi qonuniyatlarni injenerlik masalalariga tadbiq qilish, gruntlardan suvni sizib o’tishi, xarakati, tezligi, vaqt birligi ichidagi suvni sizish miqdorini aniqlashni amaldagi tajriba usullarini talabalarga ko’rsatib bilimlarini mustaxkamlashdir. Amaliy axamiyati: Gruntning suv sizuvchanlik koeffitsientini bilish - bino va inshootlar poydevorlarini cho’kishini vaqt bo’yicha xisoblashda, xandaqlarga, yerto’lalarga (podvallarga), grunt suvlarini sizib chiqishini, yonbag’irliklardagi grunt massivlarini surilish xodisalarini oldini olish, ochiq va yopik (drenajlarga) zak suvlari tizimlariga, suvni sizib chiqishi, suv xovzalarini dambalari, kanallarni kirg’oqlari turg’unligini va boshqa joylariga suvni sizib o’tishidan xosil bo’ladigan surilishlarni xisoblash imkonini beradi. Vazifasi: Zamin gruntlarini suv sizuvchanligini, Darsi qonunini laboratoriya sharoitida bajarilishini, undagi talablarni, sizuvchanlikni aniqlashda ishlatiladigan asbob -uskunalardan foydalanish texnologiyalarini talabalarga o’rgatishdir. Zaruriy asbob-uskunalar va materiallar. 1. Grunt namunasi 2. Asboblar - KF-00(Rasm 10.1) 3. Sekundomer 4. Suv 5. Xisoblash texnikasi 6. CHizgichlar. 7. QMQ jadvallari, GOST va standartlar. Ishni borishi: 1. Idishga solingan qum suvga bo’kkunga qadar namlanadi. 2. Suvga bo’kkan qumni asbobni tagligi (1), ustidagi tsilindr idishiga (2) solinadi. 3. Grunt ustiga latun to’rini qo’yiladi, xamda kopqoq (3)ni yopiladi. 4. O’lchov belgili Mariotta idishi (4), og’zi tepaga qaratilib, unga suv to’ldiriladi, og’zini qo’l bilan bosib, aylantirib, uni latun to’ri ustiga qo’yiladi, yaxshilab o’rnatiladi. 5. SHu xolatda turgan o’lchov belgili Mariotta idishi avtomatik xolatda, qum yuzasidagi suv satxini turg’unligini taminlaydi. SHuning uchun suvni bosimi N, suvning sizish yo’li L = lga teng bo’ladi, gidravlik gradienti esa quydagiga teng bo’ladi J = H /L = 1 6. O’lchov belgili idishdagi suvni, grunt ustiga qo’yilgan vaqtini t = 0 deb, idishdagi suvda xavo pufakchalari boshlanishi zaxotidan sekundomer yurgizilib vaqtni xisoblash boshlanadi. Vaqtni xisoblash boshlangandagi Mariotta idishidagi suvni satxini xisob jurnaliga yozib qo’yiladi (10-jadval). Rasm 10.1 KF-00 asbobi: 1- o’lchovli suv baloncha; 2 - mufta; 3 - latun to’ri; 4 - filg’trlash trubkasi; 5 - tayanch taglik; 6 - tashqiy stakan; 7 - grunt namunasi; 8 - filg’trlash trubkachalarini tik yo’nalish bo’yicha ko’zg’atuvchi vint; 9 - naporli grudientni (qiyalikka) shkalasi. 7. Vaqtni o’lchash, suvni satxi “100” shkalaga kelgunga qadar davom ettiriladi,shkala 100ga kelganda vaqtni o’lchash to’xtatiladi. Ko’rsatgichlar yozib olinib jadvalga kiritiladi. 8. Ikkinchi o’lchash xam qumdan 100 sm3 suv o’tgunga qadar davom ettirilib, xisoblash to’xtatilib, xisobi yozib olinadi. Bunda oldingi “100”likni to’lgan vaqtini t=0 deb olinadi va jadvalga kiritiladi. 9. Qumni almashtirmasdan tajriba 3 marta qaytariladi, ko’rsatgichlar 10-jadvalga kiritiladi, xisoblanib sizuvchanlik koeffitsienti aniqlanadi. 10 - jadval Tajriba natijalari.
Ilova: jadval shu ko’rinishda tuldiriladi va Kflar xisoblanadi. 10. Sizuvchanlik koeffitsientini son miqdori 0,01 aniqlikgacha xisoblanadi. Masalan Kf = 0,01 sm/sek Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling