1-лаборатория иши
Download 0.7 Mb.
|
1-ëàáîğàòîğèÿ èøè
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 4 - laboratoriya ishi
Ishni bajarish tartibiKeskichni talab qilingan kesish chuqurligini tahminlaydigan qilib o’rnatish bilan tanishiladi (3.1- rasm). Tezliklar qutisining richaglarini talab qilingan kesish tezligini olish uchun sozlash bilan tanishiladi. Surish qutisining surish dastlarsi yordamida talab qilingan bo’ylama surishni olish uchun sozlash bilan tanishiladi. 3.1-rasm. Keskichni talab qilingan kesish chuqurligiga o’rnatish sxemasi Nazorat savollariTokarlik vintirar dastgoining tuzilishi. Tokarlik kinematik dastgoini texnik tavsifi. Tokarlik vintkirar dastgoxining kinematik sxemasi. Tokarli vintirar dastgoxini boshkarish organlar. Tokarlik vintkirkar dastgoxini rezba ochishga sozlash. Tokarlik vintkirkar dastgoxida rezba ochish usullari. 4 - laboratoriya ishiDUMOLOQ JILVIRLASH DASTGOHINI O’RGANISH VA SOZLASH Ishdan maqsad: Talabalarni metallarni jilvirlash ishi bilan tanishtirish va jilvirlash dastgohida ishlash jarayonlarini o’rganish. Umumiy ma’lumotlarMetallarni abraziv asboblar bilan kesish jarayoni jilvirlash deb ataladi. Jilvirlashda kesuvchi asbob sifatida har xil shakldagi jilvirlash abraziv toshlari (doiraviy), brusoklar qayroq toshlar, segmentlar, jilvirlash qog’ozlari, abraziv poroshoklar va pastalar ishlatiladi. Jilvirlash asboblari abraziv materialdan tayyorlanadi va bu materiallar bir-biriga maxsus bog’lovchi moddalar bilan sementlangan nixoyatda qattiq donalardan iborat bo’ladi. 4.1-rasm. Abraziv donalari bilan kesish jarayoni Jilvirlash toshi bitta donasining qirindi kesib olish uchun ketgan vaqt sekundining 1/10000 ulushi va undan kamini tashkil etadi. Jilvirlash jarayonida 12000S va undan ortiqqa yetadigan temperatura hosil bo’ladi. Dastgohning umumiy ko’rinishi 4.2-a rasmda tasvirlangan. Dastgoh quyidagi asosiy qismlardan iborat: A - oldingi babka (zagotovkani harakatga keltirish yuritmasi bilan); B - staninaning ko’ndalang yo’naltiruvchi bo’ylab suruluvchi jilvirlash babkasi; V - ketingi babka; G - stanina; D - stolning gidravlik yuritmasi; Ye-staninaning bo’ylama yo’naltiruvchilari bo’ylab suruluvchi stol; J - burish plitasi. Jilvirlash babkasi ko’ndalang yo’nalishda maxovik 1 vositasida dastlabki ravishda suriladi. Stolning gidravlik yuritmasi dasta 2 vositasida boshqariladi. Stol bo’lama yo’nalishda maxovik 3 yordami bilan dastaki ravishda suriladi. Knopka stansiyasi 4 bilan belgilanadi. B) 4.2-rasm. 3151 modelli doiraviy jilvirlash dastgohining umumiy ko’rinishi va jilvirlashning asosiy sxemalari: a – 3151 modelli doiraviy jilvirlash dastgohining umumiy ko’rinishi. b – jilvirlashning asosiy sxemalari. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling