1-laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari. Laboratoriya bilan tanishish. Mashg’ulotning maqsadi
Download 184.03 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Texnika xavfsizligi
1-laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari. Laboratoriya bilan tanishish. Mashg’ulotning maqsadi: Talaba laboratoriya mashg’uloti davomida kimyoviy, fizik va fizik-kimyoviy tahlillar olib borishi va bu tahlillarni bajarish davomida o’ta ehtiyotkor bo’lishi, bajariladigan har bir amalni ma’lum bir qonuniyat asosida olib borish lozimligini o’rganadi. Laboratoriyada ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga to’liq rioya qilish, elektr asbob-uskunalari, isitish qurilmalaridan to’g’ri foydalanish, kimyoviy moddalar va reaktivlar bilan to’g’ri ishlash, ish stolini to’g’ri tashkil etish va ozoda saqlash, bundan tashqari bajariladigan taxlil natijalarini bexato chiqishi uchun reaktivlarni to’g’ri tayyorlash hamda namunalarni to’g’ri olish lozimligini bilib oladi. Kerakli jihozlar: Texnika xavfsizligi jurnali, laboratoriyada ishlash bo’yicha yo’riqnomalar, kimyoviy reaktivlar to’g’risida ma’lumotnomalar, o’t o’chiruvchi moslamalar(1-rasm), kimyoviy asbob anjomlar, dorilar qutisi (2-rasm) va har xil hayot xavfsizligiga oid plakatlar. Texnika xavfsizligi Laboratoriya mashg’ulotlari boshlangan kuni avvalo talaba laboratoriya xonalarida ishlashning texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqishi zarur. Mazkur instruksiya (texnika xavfsizlik qoidalari) bilan tanishmasdan turib talabalar, aspirantlar va ilmiy xodimlarga laboratoriyada ishlashga ruxsat berish qat’iy ta’qiqlanadi. Xodimlarning instruksiya bilan tanishganligi laboratoriyaning xavfsizlik texnikasi jurnaliga imzo qo’yish bilan qayd qilinadi. Laboratoriya rahbari bu javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Laboratoriyada ish bajarish vaqtida tozalik, tartib va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qiling. Chunki tartibsizlik, shoshqaloqlik yoki ishdagi pala-partishlik ko’pincha oqibati og’ir bo’lgan baxtsiz hodisalarga olib keladi. Laboratoriyada suv ichish, ovqatlanish va chekish qat’iyan ma’n qilinadi. O’qituvchi bilan ish rejasini kelishib olmasdan talabalarni ishga kirishishi ma’n qilinadi. Laboratoriya xonalarida esa albatta mo’rili shkaf bo’lishi lozim. Chunki uchuvchan o’tkir kislotalar yoki ishqorlar bilan ishlash shunday shkaflar ichida bajarilishi lozim. Gaz, suv va elektr asboblari ishlatib bo’lingach zudlik bilan ularni o’chiring. Laboratoriyadan chiqayotganda kimyoviy jarayonlarning tugaganligini, stollarda, mo’rili shkafda, keyin tashqaridagi elektr tokini, gaz va suv o’chirilganligini tekshirib ko’ring. Xavfsizlik qoidalarini buzgan shaxslar ma’muriyat tomonidan javobgarlikka tortiladi. Download 184.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling