1 Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar va ularning fizik xususiyatini aniqlash


Download 41.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi41.67 Kb.
#1523446
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Laboratoriya mashg‘uloti (2)

 
1. Minerallarning rangini aniqlash. 
Minerallarni qo‘lga olar ekansiz, ularning rangi bir ko’rinishidayoq beixtiyor 
diqqatingizni o’ziga jalb etadi. Shuning uchun u minerallarga hos eng muxim 
diagnostik belgi hisoblanadi. 
Ko‘pincha minerallar nomi rangiga qarab beriladi. (Lazurit, azurit-
fransuzcha «Azur»-lazur; xlorit-grekcha «xloros»-yashil; rubin-lotincha «ruber»-
qizil; radoniy-grekcha «radon»-pushti: gematit-kondek grekcha «gematikos» va 
xokazolar). Minerallar rangiga quyidagilar kiradi: rangsizlar- kalsit, tog‘ xrustali
oq-kvars, albit, gips, kalsit, muskovit, kaolin; pushti rang-ortoklaz; kul rang-
ortoklaz, angidrit; jigar rang- dolomit, pirit. To‘q ranglarga qora-rogovaya obmanka, 
avgit, biotit; yashil-zmeevik, olivin, shox aldamchisi, xlorit; qo’ng’ir kul rang-
limonit. 
Umuman olganda minerallarning rangi haqidagi masala juda murakkabdir. 
Minerallarning rangi ximiyaviy tarkibiga, tarkibdagi ba’zi organik moddalarning 
turiga, minerallarning tuzilishiga bog’liq. 
1. Minerallarning qattiqligini aniqlash. 
Minerallarning qattiqligi deb, ularni tashqi kuchiga, shuningdek 
timdalashga qarshiligi tushuniladi. Minerallarning qattiqligi ularni bir-biridan 
ajratishda va fizikaviy xossalarini aniqlashda eng muhim belgilaridan biri 
hisoblanadi, hamda ularning qanday sharoitda hosil bo’lganligini ko’rsatadi. 
Qattiqlik har bir mineral uchun doimiy bo’lmaganligi sababli, ularning nisbiy 
qattiqligi, bir mineralni boshqasiga chizib ko‘rish bilan aniqlanadi, birining o’tkir 
qirrasi bilan ikkinchisining tekis yuzasi va aksincha ikkinchisining o’tkir qirrasi 
bilan birinchi mineralning tekis yuzasi chizib qiriladi. Qaysi mineralda chizilgan iz 
qolsa, shu mineral yumshoq, chizgani esa qattiq hisoblanadi. 
Minerallarning shu xususiyatini ma‘lum shartli birlikda aniqlash uchun F. 
Moos jadvalidan foydalaniladi. Bu jadvalda o’nta mineral bo’lib, tartib nomeriga 
ko’ra ularning qattiqligiga 1 dan 10 gacha ortib boradi (1- jadvalda). 



Download 41.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling