2.
Chiganoqsimon sinish–minerallar maydalanganda chig‘anoqqa o‘xshash
yuzalar hosil bo‘ladi.
Bu sinish kvars, xalsedon, opal,
magnetit singari
minerallar uchun xarakterlidir.
3.
Zirapchasimon sinish – bunda minerallarning maydalangan yuzasida har -xil
uzunlikdagi tikanlar uchraydi (asbest, kremen, shox aldamchisi)
4. Donador sinish – bunday sinishda mineral bo‘lakchasidagi ayrim kristallar
dona-dona bo’lib ko’rinib turadi (olivin, angidrid, magnetit, anortit)
5. Kesaksimon sinish – bu gilli minerallarda uchraydi (kaolin).
5. Minerallarning yaltiroqligini aniqlash.
Minerallar yuzasining turli darajada
nur qaytarish qobiliyatiga yaltiroqlik
deyiladi. Yaltiroqlik minerallarning rangiga bogliq bo’lmasdan ularning yuzasidan
qaytgan nurning miqdoriga bogliq bo’ladi. Minerallarning yaltiroqligini quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
1.Metallsimon yaltiroqlik - bu yaltiroqlik odatda tiniq bo’lmagan
minerallarda
uchraydi (markazit, magnetit, molibdenit).
2.Olmossimon yaltiroqlik-bu tiniq va ishlash qobiliyati kam bo’lgan minerallarga
xos (olmos, kinovar, sfalerit).
3.
Shishasimon yaltiroqlik-bu asosan juda tiniq minerallarda tarqalgan (kvars, dala
shpati, olivin, kalsit, dolomit).
4.Yog’simon yaltiroqlik-bu yaltiroqlik minerallarning yuzasida kichik notekisliklar,
g’adir-budirliklar paydo bo’lganida hosil bo’ladi, chunki shu yuzaga tushayotgan
nur qisman har yerga bo’linadi (talk, nefelin).
5.Sadafdek yaltiroqlik- qat-qat tuzilgan va ulanish tekisligi yaqqol ko’rinib turuvchi
tiniq minerallar uchun harakterli. Bu yaltiroqlik qatlamlar va ulanish tekisligi orqali
o’tuvchi nurning qaytarilishi bilan bogliqdir.
6.Ignasimon yaltiroqlik-tolasimon tuzilgan (asbest, tolali gips-selenit) minerallarga
xosdir.
7. Xira yaltiroqlik-ba’zi minerallarda nurni juda yomon o’tkazish
xususiyati bor,
shuning uchun ularning yuzasi yaltiramaydi. Bularga bo’r, kaolin, har xil oxralar,
temir gidrooksidning ba’zi turlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: