1-Laboratoriya Texnik spirtning konsentratsiyasini va tarkibini aniqlash usullari


Download 79.14 Kb.
bet2/5
Sana26.09.2023
Hajmi79.14 Kb.
#1688101
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-

1.1-jadval


Etil spirtini organoleptik ko`rsatkichlari


Ko`rsatkichlar

Ifodalanishi

Tashqi ko`rinishi

Tiniq, begona zarrachalarsiz suyuqlik

Rangi

Rangsiz

Ta`mi va hidi

Begona ta`mi yoki bo`lmasligi kerak.



Ishdan maqsad: Tayyor mahsulot - spirtning sifat ko`rsatkichlarini aniqlash
Kerakli reaktiv va asbob-uskunalar: 250 ml li konussimon kolba, probirkalar, spirtovka, suv hammomi, sulfat kislota(kimyoviy toza), kaliy permanganat eritmasi.
Nazariy tushunchalar: Etil spirti aroq, likyor mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo`llaniladigan xom ashyo hisoblanadi. Etil spirtining sifati birinchi navbatda xom-ashyoning tavsifiga bog`liq.
Etil spirti asosan rangsiz va o`tkir hidli bo`lib, o`z xususiyatlariga ega. Etil spirtidan foydalanishda har xil spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, keng miqyosda foydalanish o`z tasdig`ini topib kelmoqda.
Etil spirtining formulasi C2H5OH bo`lib, suv bilan istalgan nisbatda aralashadi va qaynash harorati - 78,30S, muzlash harorati - 1170S.
Etil spirtining organoleptik ko`rsatgichini yorug`, havosida begona hidlar bo`lmagan, yaxshi shamollatilgan xonalarda aniqlanadi.
Etil spirti hajmiy ulushi suv-spirtli eritmada areometrik, piknometrik va refraktometrik usullarda aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi: Etil spirtining quvvatini aniqlash.
Etil spirtini tarkibini 0,5 gradusga bo`lingan termometrni qo`llab, metall yoki oynali spirtomer orqali aniqlanadi.
Toza rektifikatlangan spirtni sulfat kislota (kons.) (solishtirma zichligi 1,835) bilan aralashtirilganda, aralashmani qaynatib, so`ngra sovutilganda, rangsizligicha qolaveradi.
Agar tarkibida organik aralashmalari bor spirt sulfat kislotasiga qo`shilsa, hosil bo`lgan aralashmaning rangi bir oz (och sariqdan quyuq to`q qizilgacha) bo`yaladi. Spirt tarkibida qo`shimchalar qancha ko`p bo`lsa, aralashma shuncha quyuq bo`ladi.
Spirtning tozaligini aniqlash sinovlari spirt ichidagi aralashmaning miqdorini va sifatini aniqlamaydi, faqat ularning borligini tasdiqlaydi xolos, ya`ni spirtning ifloslanganlik darajasini ko`rsatadi.



Download 79.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling