Reaktivlar:
Ishning bajarilishi:
a) vitamin E ning 0,15% li etil spirtidagi eritmasi, b) 0,2% li temir xloridning spirtli eritmasi (bu eritma qorong`u joyda saqlanishi kerak), v) ortofenantrolinning 5% li spirtli eritmasi.
1-2 ml vitamin E ning spirtli eritmasiga 1 ml ortofenantrolin qo’shiladi va temir xlorid tomchilatib turiladi. Bu ish qizil rang hosil bo’lguncha amalga oshiriladi.
Vitamin K ga xos sifat reaksiyalari
K vitamini qon ivishida asosiy omil hisoblanadi. Vitamin K yashil o’simliklarning xloroplastlarida sintezlanadi. Uning molekulasi 2-metil 1,4-naftoxinon va fitol spirtidan tuzilgan. K vitamini bosh va rangli karam, pomidor, qovoq, na’matakning mevasi, beda, petrushka, sabzi, yel va qarag`aylarda bo’ladi. Undan tashqari mol go’shti, buyrak va jigarda bo’ladi.
Vitamin K1
Do'stlaringiz bilan baham: |