1-laboratoriya. Yog`da eriydigan vitaminlarga xos sifat reaksiyalar. K a b e c


Download 1.29 Mb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1011599
1   2   3   4
Bog'liq
biokimyo 1 lab vitamin

Anilin bilan boradigan reakstiya
Reaktivlar:
baliq moyi
anilin
konsentrlangan xlorid kislota
Ishning bajarilishi:
Baliq moyidan 1 ml olib, ustiga 4-5 ml anilindan va 0,5 ml konsentrlangan xlorid kislotadan solinadi. Probirka qaynaguncha qizdiriladi va 20-30 sekund qaynatiladi. Natijada suyuqlik qizil rangga bo’yaladi.
Vitamin E ga xos sifat reaksiyalari
Vitamin E (tokoferol) yuqori haroratga chidamli bo’lib, nitrat kislota bilan oson oksidlanish xususiyatiga ega. U ultrabinafsha nurlari ta’sirida buziladi. Tokoferollar antioksidant hisoblangan A vitaminini va karotinoidlarni oksidlanishdan saqlaydi. Tokoferollar o’simlik moylarida (soya, kungaboqar, kunjut, zig`ir va paxta moylarida) ko’p bo’ladi. Undan tashqari ko’pgina hayvon va o’simlik maxsulotlari: tuxum, jigar, sut, sariyog`, mol go’shti, karam, yeryong`oq, na’matak va oq smorodina tarkibida bo’ladi. Odamning tokoferolga bo’lgan sutkalik extiyoji 10 mg dan 30 mg gachani tashkil etadi.
- Tokoferol
Nitrat kislota bilan boradigan reaksiya.
Kuchli oksidlovchilar, masalan konsentrlangan nitrat kislotasi bilan reaksiyaga kirishib, tokoferol tokoferilxinonga aylanadi. Bunda qizil yoki sarg`ish-qizil rangli birikma hosil bo’ladi.
Reaktivlar:
a)E vitaminining yog`li konsentratini 0,15% li etil yoki butil spirtidagi eritmasi
b)Konsentrlangan nitrat kislota.
Ishning bajarilishi:
E vitaminining spirtli eritmasidan bir necha tomchi olib, ustiga 8-10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotadan sekinlik bilan qo’shiladi va probirkalar sekin chayqatiladi. 1-2 daqiqadan keyin probirkadagi aralashma qizil yoki sarg`ish-qizil rangga kiradi. Reaksiya juda shiddat bilan boradi, shuning uchun nitrat kislotani probirka devoridan sekinlik bilan qo’shilishi va bu ishlar tortuvchi shkaf tagida olib borilishi kerak bo’ladi.
Temir xlorid bilan olib boriladigan reaksiya
Tokoferollar temir xlorid bilan oksidlanib, temir xlorid FeCI2 gacha qaytariladi. Fe2+ ioni ortofenantrolin bilan reaksiyaga kirishib, Fe(C12H8N2)3 ning kompleks ioni xosil bo’ladi va natijada eritma qizil rangga bo’yaladi.Tokoferollar temir xlorid bilan oksidlanganda piran halqasining buzilishi amalga oshadi va oksialkilxinon hosil bo’ladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling