1-laborotoriya ishi Boshqarish ob`yektlarini dinamik xossalarini tahlil qilish Ishdan maqsad


Download 233.62 Kb.
bet1/5
Sana14.09.2023
Hajmi233.62 Kb.
#1677482
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2.1-лаборатория иши Boshqarish ob`yektlarini dinamik xossalarini tahlil qilish


1-laborotoriya ishi
Boshqarish ob`yektlarini dinamik xossalarini tahlil qilish


Ishdan maqsad: Boshqarish ob`yektlarini MATLAB dasturining Simulink ilovasidan foydalanib dinamik va chastotali harakteristikalarini qurishni o‘rganish.

Nazariy qism.
Ob’ektlarnining xossalarini bilish va avtomatiktizimlarni tuzishda, rostlash qonunlarini ta’minlashda hamda rostlagich larning optimal ko’rsatgichlari qiymatlarini sozlashda kerak bo’ladi. Ob’ektlar xossalarini to’g’ri hisobga olish, o’tish jarayoni yuqoriroq sifat ko’rsatgichiga ega bo’lgan ABTlarni yaratish imkonini beradi. Ob’ektlarning xossalarini inobatga olmaslik, o’z navbatida hattoki murakkab qilib tuzilgan boshqaruv tizimlari ham o’tish jarayonini zarur bo’lgan sifat ko’rsatgichiga berolmasligiga olib kelishi mumkin . rostlash ob’ektlarining asosiy xossalari o’z o’zini rastlash sig’im va kechikish vaqtlari hisoblanadi.
O’z-o’zini rostlash deganda ob’ektni turg’unligi tushiniladi. O’z-o’zini rostlashdeb, to’g’ri ob’ektning kirish qiymati o’zgargandan so’ng, mustaqil ravishda muvozanat hosil qilish holatiga kelishiga aytiladi. O’z-o’zini rostlash ob’ektlarda kirish qiymatlarini pog’onali o’zgarishi chiqishi asta sekin nolga qarab keladigan tezlik bilan o’zgarishiga olib keladi, chunki unda manfiy yo’nalgan teskari aloqa mavjud bo’ladi. Miqdoriy jihatdan ushbu tavsif o’z o’zini rostlash darajasi – P bilan aniqlanadi va ob’ektni turg’un holatdagi kirish qiymati – x ning chiqish qiymati y ga nisbati tug’un qiymati w gating bo’ladi, ya’ni

O’z o’zini rostlash darajasi – P qanchalik kichik bo’lsa shunchalik chiqish qiymatini birinchi holatga nisbatan og’ishi kam bo’ladi.
Ob`ektni sig’imi bo’lsa dinamik ob`ektlarga xos bo’lgan xususiy ob`ekt hisoblanadi. Bu ularni inertsiyaliligani - kirish qiymatiiing chiqish qiymatiga nisbatan o’zgarish tezligiga ta`sir qilish darajasini tavsiflaydi. Ba`zan kirish qiymatini pog’onali o’zgarishi chiqish qiymatini yuqori tezlikda uzgarishiga olib keladi. Sigim deganda, kirish qiymatini shunday o’zgarishi (x) tushuniladiki, unda chiqish qiymatining o’zgarish vaqti ma`lum bir vaqtdan so’ng 1 qiymatga o’zgaradigan bo’lsa (dy/dt), ya`ni
;
Sig’im qanchalik katta bo’lsa, chiqish qiymatining o’zgarish tezligi shunchalik kam bo’ladi.
Ob`ektni kech qolishi deganda, uning chiqish qiymatining uzgarishi kirish qiymati o’zgarganda, ma`lum vaqt oraligi - τ o’tgandan so’ng boshlanadi hamda ushbu vaqt kechikish vaqti deb ataladi. Barcha ob`ektlar ma`lum darajada kech qolish vaqtiga ega bo’ladilar, chunki ma`lum bir mahsulot oqimiiing o’zgarishi yoki issiqlikning eng oxirgi tezlikda tarqalishi xam signalni berish joyidan chiqish ko’rsatgichi qayd qilinayotgan joygacha borishiga ma`lum vaqt o’tishi muqarrar. Ushbu masofani - 1 va signal o’tishi tezligini s deb belgilasak, unda
τ = 1 / s.

Kimyo texnologiyasidagi real ob`ektni belgilovchi differensial tenglamalar turiga qarab birinchi, ikkinchi, ko’p darajali bo’lishlari mumkin. Kirish qiymatini o’zgarishiga qarab muvozanatini turg’un holatga olib kelishi qobiliyatiga qarab, ob`ektlar: neytral, turg’un va noturg’un turlarga bo’linadilar.


1 - darajali ob`ektlar kimyo texnologiyasida keng tarqalgan. Ularga suyuqlik saqlanadigan idishlar, sochiluvchi material bunkerlari, gaz akkumulyatorlari, suyuklik aralashtirgichlar, issiqlik almshtiruvchi apparatlar va boshqalar kiradilar. Ushbu apparatlardagi moddalarning ko’rsatkich qiymatlari (harorat sathi, bosim va boshqalar) bitta rezervuarda bo’ladi. Bunday ob`ektlar o’zidan o’tuvchi maxsulot yoki issiqlikni asta o’tishi tartibida (sig’im) yig’ilish qobiliyatiga egadirlar. Rejim, ya’ni vaqt birligida o’zgarish bo’ladi.
2 darajali ob`ektlar. Bunday ob`ektlarda maxsulot yoki issiqlik o’zaro ma`lum qarshilik bilan ajratilgan ikkita hajmda joylashgan bo’ladi'. Ushbu ob`ektlarga misol tariqasida issiqlik almashuв qurilmasi bo’lib, issiqlik bir suyuklikdan ikkinchi suyuklikka ma`lum devor orqali uzatiladi; misol tariqasida o’zaro tutashgan 2 idishdagi suyuqlik va hakozolarni keltirsak bo’ladi.
Yuqori darajali ob'ektlar. Daraja oshgan sari ob`ekt borgan sari turtgichga sekinlik bilan e`tibor qilinadi. Dinamikada ularni o’zini tutishi ketma-ket ulangan aperiodik bo’linmalar zanjirini tutishiga aynan o’xshash bo’ladi.
Noturg’un ob`ektlar. Agarda ob`ektga kelayotgan va undan chiqayotgan mahsulot yoki energiyani tengligi buzilsa va oqibat texnologik ko’rsatkichlarning o’zgarish tezligi o’sib boradigan bo’lsa. bunday ob`ektlar noturg’un deyiladi. Misol tariqasida ekzotermik reaktsiya borayotgan ideal aralashmali kimyoviy reaktorni keltirish mumkin. Agar reaksiyadan ajralib chiqayotgan issiqlik, sovitish tizimi olayotgan issiqlikdan ko’p bo’lsa. reaktordagi aylanish darajasi oshib borib, reaktordagi haroratning oshishiga olib keladi va o’zgarish tezligi oshib boradi. Ko’chish tartibidagi bunday holat bunda ichki musbat teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi.







          1. 1.1.rasm SIMULINK muhitidagi tadqiqot tizimining tuzilishi


Download 233.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling