Zvenoning chastotali harakteristikalarini qurish.
Zvenolarni tahlil qilishda amplituda-faza chastotali harakteristika (AFCHX), amplituda-chastotali harakteristika (ACHX), faza-chastotali harakteristika (FCHX) kabi harakteristikalardan keng foydalaniladi.
Zvenoning amplituda-faza chastotali harakteristika (AFCHX)si chastotali uzatish funksiyasi orqali quriladi. Buning uchun zvenoning uzatish funksiyasi W(s) dagi argument “s” ni kompleks kattalik “jw” bilan almashtirilib W(jw) chastotali uzatish funksiyasi hosil qilinadi.
, s→jw
Yuqorida keltirilgan misoldan foydalanib quyidagini hosil qilamiz:
Hosil bo‘lgan ifodadan foydalanib chastotani =0+ oraliqda o‘zgartirib AFCHX ni qurish mumkin (7.13-rasm).
Chastotali uzatish funksiyasining moduli zvenoning amplituda-chastotali harakteristika (ACHX)sini ifodalaydi (7.14-rasm):
.
Chastotali uzatish funksiyasining argumenti zvenoning faza-chastotali harakteristika (FCHX) sini ifodalaydi (15-rasm):
.
A w=1/T
K w, s-1
w, s-1
0 w=1/T
Logarifmik masshtabda qurilgan ACHX va FCHX larga mos ravishda logarifmik ACHX va logarifmik FCHXlar deyiladi.
Chastotali harakteristikalarni qurish uchun dinamik harakteristikalarni qurganimiz kabi, Simulink paketining Simulink LTI-Viewer dasturidan foydalanamiz.
Yuqorida keltirilgan 11,12,13-bandlar orqali hosil qilingan modeldan foydalanib birinchi darajali inersion zvenoning chastotali harakteristikalarini quring. Buning uchun LTI-Viewer sahifasining menyusidan Edit\Plot Configurations tugmalarini bosib, Plot Configurations saxifasini oching (7.16-rasm). Bu saxifadan ekranda chiqishi kerak bo‘lgan grafiklar soni (ikkita) va ularning nomlarini (Bode-ACHX va FCHX, Nyquist-AFCHX) belgilang.
1.16-rasm. Plot Configurations saxifasi
Do'stlaringiz bilan baham: |