1-Laborotoriya ishi Mavzu: Klimovning Differensial-dignostik so’rovnomasi. Maqsadi
Kasb turi Odam-badiiy obraz (0-Bo)
Download 474.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Labaratoriya Eksperimental
Kasb turi
Odam-badiiy obraz (0-Bo) Mehnat predmeti xarakteristikasi. Badiiy obrazlar, ularning xususiyatlari va elementlari. Mazkur kasb uchun muhim bo‘lgan ayrim sifatlar Ma’lum bir badiiy faoliyatga maxsus qobiliyat, xayol, taassurot, obrazli xotira, obrazli tafakkur, estetik did. Hunar-texnik ma’lumot talab qiluvchi kasblar. Graver, arxitektura detallarini yopishtiruvchi. O‘rta maxsus ta’lim talab qiladigan kasblar Bezakchi-pardozchi, musiqachi, sirk artisti, badiiy havaskorlik jamoalarining boshlig‘i. Oliy ma’lumot talab qiluvchi kasblar. Rassom-konstruktor, dekorator, rejisser, teatrshunos, tanqidchi. PSIXOGEOMETRIK TEST. Ko’rsatma: yuqorida ifodalangan beshta shaklga qarang. Siz ”bu Men” deb ayta oladigan shaklingizni tanlang. Faqat hech qanday nokerak aqliy harakatlar va mantiqiy tahlil bilan shug’ullanmang. Bu hech narsaga olib kelmaydi. Faqat o’zingizni shaklingizni his qilishga harakat qiling. Agar juda qiynalayotgan bo’lsangiz, shakllar ifodalangan varaqni kuzatganingizda birinchi bo’lib sizning diqqatingizni jalb etgan shakllni tanlang. Bu shaklnining nomini birinchi raqam bilan yozib qoying. Endi qolgan shaklni ushbu tartibda o’zingizga ma’qulligi asosida o’rinlarga joylashtirib chiqing. Marhamat uzoq oylamasdan bu ishni amalga oshiring. Agar qiynalsangiz quyidagi strategiyadan foydalaning. Tasavvur qilingki, qolgan to’rtta, keyin uchta, keyin ikkita shakl orasidan o’zingizni tanlashingiz kerak. Biz tajribaning boshidanoq sizga beshta emas, balki to’rtta balki uchta shakl taklif qilishimiz mumkin ediku. Oxirida qolgan ya’ni nomini siz beshinchi raqam bilan belgilab qoyadigan shakl yaqqol sizniki bo’lmagan, ya’ni sizga to’g’ri kelmaydigan shakl bo’ladi. Sizni tabriklaymiz! Ishning birinchi, eng og’ir bosqichi yakunlandi. Oldingizda sizning subyektiv intilishingiz aks etgan geometrik shakllarning tartibli qatori turibdi. Siz birinchi o’rinni qaysi shaklga qoyganingizdan qat’iy nazar bu sizning asosiy shaklingiz, yoki subyektiv shaklingiz. Aynan shu sizning xarakteringizda va xulq-atvoringizdagi asosiy, ustun belgi va xususiyatlarni aniqlash imkonini beradi. Qolgan to’rtta shakl esa, sizning xulq-atvoringizdagi yetakchi ohangni bezab turadigan o’ziga xos belgilovchilar. Ularning ta’sir kuchi tartib raqami ortib borishi bilan pasayib boradi. Agarda ikkinchi o’rnida turgan shaklning ayrim xarakteristkalarini siz o’z xulq- atvoringizda ko’rishingiz mumkin bo’lsa, beshinchi o’rinda turgan shakl siz yaqqol o’zingizda bo’lmagan (o’zingizga yoqmay turgan) vaqtingizda namoyon bo’ladi. Download 474.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling