1-Laborotoriya ishi Mavzu: Klimovning Differensial-dignostik so’rovnomasi. Maqsadi
Download 474.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Labaratoriya Eksperimental
Uchburchak. Bu shakl liderlik belgisidir. Ko’pincha uchburchaklar
o’zlarining ushbu xususiyatlarini sezadilar: ”ular lider bo’lish ucun tug’ilganlar” haqiqiy uchburchakning eng xarakterli xususiyati – bosh maqsadga o’z diqqatini qarata olishidir. Uchburchaklar – harakatchan, tutqich bermas, kuchli shaxslar bo’lib, ular aniq maqsadlar qoyadilar va odatda bunga erishadilar. Albatta, uchburchaklar o’zlarining asosiy maqsadlari nima ekanligini har doim biladilar, shuning uchun ham ular kvadratlardan farq qilib juda qat’iyatli odamlardir. Ular o’zlarining qarindoshlari – kvadratlar singari to’g’ri chiziqli shakllarga xosdir va yo’nalishiga ko’ra ”chap yarim sharli ” fikrlovchi, ya’ni sharoitni chuqur va tez tahlil qila oladigan toifaga kiradilar. Ammo, o’z diqqatini ikir-chikirlarga qaratuvchi kvadratlardan qarama-qarshi o’laroq, uchburchaklar asosiy narsaga, muammoning mazmuniga o’z diqqatini qaratadilar. Ulardagi kuchli foydaga yo’nalganlik ularning fikriy tahlilini yo’llab turadi va mazkur sharoitda muammo yechimining samarali (ko’pincha foydali) yo’lini topishga qaratadi. Bunday yo’nalganlik uchburchaklarni eng yaxshi yechimni izlashda turli-tuman variantlarni berilb tahlil qilishdan asraydi. Bu narsa boshqalarda, o’ziga unchalik ishonch bo’lmagan kishilarda kuchli taassurot paydo qiladi va ular uchburchakka ergashadilar. Uchburchak – bu juda o’ziga ishongan, barcha narsalarda xaq bo’lishni xohlovchi odam, hamma narsada haq bo’lishga va sharoitni boshqarishga, faqat o’zi uchun emas, balki imkon darajasida boshqalar uchun ham qaror qabul qilishga bo’lgan kuchli ehtiyoj uchburchakni boshqalar uchun ham qaror qabul qilishga bo’lgan kuchli ehtiyoj uchburchakni boshqalar bilan doimo raqobatlashuvchi, kurashuvchi shaxsga aylantirib qoyadi. Bu uchburchak kirishgan har bir ishda yetakchi ustanovkadir. U juda tez-tez tavakkal qiladi, qaror qabul qilishda ikkilanuvchi odamlarga nisbatan chiday olmaydigan va yoqtirmaydigan bo’ladi. Uchburchaklar nohaq bo’lib qolishni yoqtirmaydilar va o’zlarining xatolarini juda qiyinchilik bilan tan oladilar. Aytish mumkinki, ular ko’pincha o’zlari ko’rishni xohlagan narsani ko’radilar, shuning uchun ham o’z qarorlarini o’zgartirishni yoqtirmaydilar, e’tirozlarni qabul qilmaydilar va ko’pchilik hollarda o’zlaricha ish tutadilar. Lekin ular o’zlarining pragmatic yo’nalishlariga mos keladigan, bosh maqsadga erishishga yordam beradigan narsalarga juda muvaffaqiyatli o’rganadilar, foydali informatsiyalarni xuddi so’rg’ichdek o’zlariga so’rib oladilar. Uchburchaklar – izzat-nafsli odamlar. Agar kvadrat uchun or-nomus ishi, bajarilayotgan vazifani yuqori sifatiga erishish bo’lsa, uchburchak esa yuqori mavqega erishishga, yuksak status egallashga, boshqacha qilib aytganda, karyear qilishga intiladi. Buni uchburchakning salbiy sifati deb qaramaslik kerak. Biron- bir ishni qilishdan yoki, qaror qabul qilishdan oldin uchburchak ongli yoki ongsiz holda o’z oldiga “Bundan nima foyda ko’raman?” degan savolni qoyadi. Ishonavering: uchburchak qanday qaror qabul qilmasin, bunda albatta uchburchakning shaxsan o’zi uchun foyda( har doim moddiy emas) aks etgan bo’ladi. Uchburchaklardan boshqarishning eng “yuqori” darajasida turadigan menejerlar chiqadi. Ular aynan yuksaklikka intiladilar ham. Bunda ularga yana bitta sifat “siyosiy fitnachilik” malakasi yordam beradi. Ular o’zidan yuqorida turgan rahbariyatga o’zi va qo’l ostidagilari ishining ahamiyatliligini ustalik bilan yetkaza oladilar. Foydali ishning hidini yuz chaqirimdan ham sezadilar va bu narsa uchun kurashda o’z raqiblarini “bir-birlari bilan peshonasini urishtirib qoyadilar”. Mana shu yerda uchburchak shaklining bosh salbiy sifatiga e’tibor berish kerak: bu o’ziga yo’naltirilgan kuchli egosentrizmdir. Bu narsa shunga olib keladiki, uchburchaklar hokimiyat tepasiga intilayotib o’z maqsadlariga yetishish uchun har qanday axloqiy normalarni unchalik pisnd qilmaydilar. Bu holat boshqalarda qo’rquvni va shunga asoslangan hurmatni yuzaga keltirishi mumkin, lekin hech ham ularga nisbatan moyllik va muhabbat hosil qilmaydi. Shunday bo’lsada qo’rqmang! Bu “ashaddiy” ya’ni vaqtida boshqalar tomonidan to’xtatilmagan uchburchaklargagina xosdir. Umuman olganda, uchburchaklar kelishgan, o’ziga jalb qiluvchi odamlar bo’lib, (shunday bo’lmasa ularga kim ergashadi) hamma narsani va hammani o’z atrofida aylanishga majbur qiladilar, ularsiz bizning hayotimiz o’z keskinligini yo’qotar edi. Download 474.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling