1-Laborotoriya ishi Mavzu: Klimovning Differensial-dignostik so’rovnomasi. Maqsadi
Download 474.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Labaratoriya Eksperimental
To’g’ri to’rtburchak, sizlar uchun hozir o’qiydigan narsangiz kutilmagan hodisa bo’lmasa kerak. Shundoq ham siz o’zingiz haqingizda hamma narsani bilasiz. Gap shundaki, to’g’rito’rtburchak o’tish va o’zgarish holatini aks ettiradi. Bu aytish mumkinki, shaxsning vaqtinchalik shakli bo’lib, qolgan to’rtta nisbatan turg’un shakllar hayotning ma’lum bir davrida bu shaklni o’ziga kiyib yurishi mumkin. Bular hozirgi kunda o’zlari kechirayotgan hayot tarzidan qoniqmayotgan, shuning uchun ham yaxshi holatni izlash bilan band bo’lgan odamlardir. Ehtimol, sizlardan kimdir yaqindagina kasbiy statusi o’zgarishini boshidan kechirgandir(moslashuv talab qilinadigan holatlar: yangi ishga o’tish, lavozimda ko’tarilishi yoki pasayishi) kimdir shunday o’zgarishlarni oldindan ko’rayotgan, sezayotgan bo’lishi mumkin. Kimningdir shaxsiy hayotida o’zgarishlar bo’lgan. Umuman, to’g’rito’rtburchak holatining sabablari turli-tuman bo’lishi mumkin, lekin ularni bir narsa birlashtiradi- o’zgarishlarning ma’lum odam uchun ahamiyatliligi. To’g’rito’rtburchakning asosiy psixik holati muammolardagi chalkashganlik va ayni shu paytda o’ziga nisbatan noaniqlikdir. Bu bilan parallel ravishda unda ichki qo’zg’alish oshib boradi va bu uning xulq-atvorida aks etmasdan qolmaydi. To’g’rito’rtburchakning eng xarakterli belgilaridan biri- o’tish davri davomida xatti-harakatlardagi izchillikning yo’qligi va ularni oldindan bilish qiyinligidir. Siz to’g’rito’rtburchaklar kundan-kunga, hatto bir kunning ichida ham kuchli o’zgarishingiz mumkin. Bu tabiiy hol. Chunki, To’g’rito’rtburchakningo’z-o’ziga beradgan bahosi past bo’ladi, nimadadir yaxshiroq bo’lishga intiladilar, yangi ish metodlarini, hayot uslublarini izlaydilar. Agar To’g’rito’rtburchakning xulq- atvoriga diqqat bilan razm solinsa, butun davr davomida uning goh”uchburchak”, goh “aylana” va hokozo shakllarning kiyimini o’ziga kiyib ko’rganligini payqash mumkin. To’g’rito’rtburchakning xulq-atvoridagi birdaniga, kutilmaganda va oldindan bilib bo’lmaydigan darajada o’zgarib turish odatda boshqa odamlarni uyaltiradi va xavfsiratadi, ular ongli ravishda “o’zagi yo’q” odam bilan muloqotdan qochishlari mumkin. Tushunarli! Kim shunday axmoqona holatga tushib qolishni istaydi. To’g’rito’rtburchaklar uchun boshqa odamlar bilan muloqotga kirishish juda zarur, o’tish davrining yana bitta murakkabligi shundan iborat. Shunday bo’lsada, boshqa odamlardagi singari To’g’rito’rtburchaklarda ham atrofdagilarni o’ziga jalb qiluvchi ijobiy fazilatlarni ko’rish mumkin. Bu eng, avvalo qiziquvchanlik va botirlik. To’g’rito’rtburchaklar oldinlari hech kim qilmagan ishlarni qilishga intiladilar, oldinlari hech kim so’rashga yuragi betlamagan narsalarni so’raydilar. Mazkur davrda yangi g’oyalar, qiymatlar, tafakkur va hayot uslublari uchun ochiqdirlar, barcha yangiliklarni osonlik bilan o’zlashtiradilar. To’g’ri bu jihatlarning orqa tomoni- haddan ziyod ishonish, ishonuvchanlik, soddalikning mavjudligidir. Shuning uchun ham To’g’rito’rtburchaklardan osonlikcha foydalanish mumkin, axloq qoidalarini unchalik pisand qilmaydiganlar bundan foydalanadilar ham. Agar siz haqiqatdan ham, To’g’rito’rtburchak shaklini olgan bo’lsangiz, ehtiyot bo’ling. Shuni bilingki, To’g’rito’rtburchaklik- bu bir bosqich, xolos. U albatta o’tadi. Va siz, bu davrda o’zlashtirilgan tajriba bilan boyib, shaxs rivojining yangi bosqichiga chiqasiz. Download 474.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling