1-Laborotoriya ishi Mavzu: Klimovning Differensial-dignostik so’rovnomasi. Maqsadi


Shaxs asosiy shakllarining qisqacha psixologik tavsifi


Download 474.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana06.04.2023
Hajmi474.65 Kb.
#1333318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Labaratoriya Eksperimental

Shaxs asosiy shakllarining qisqacha psixologik tavsifi
Kvadrat. Agar sizning shaklingiz kvadrat bo’lsa, demak, siz hormas-tolmas 
mehnatkashsiz. Mehnatsevarlik, tirishqoqlik, boshlagan ishni oxiriga yetkazishga 
bo’lgan ehtiyoj, ishini tugallashga erishishga imkon beradigan qat’iyatlilik- bular 
haqiqiy kvadratlarni mashhur qiladigan narsalardir. Chidamlilik, toqat va ishni 
ko’zini bilishlik odatda kavadratlarni o’z sohasida yuqori malakali mutaxassis 
bo’lishini ta’minlaydi. Kvadratlarda informatsiyaga nisbatan juda kuchli ehtiyoj 


mavjud, ular turli-tuman ma’lumotlarning kolleksionerlari hamdir. Chunonchi bu 
kolleksiya qayerda-miyadami yoki maxsus kartotekadami saqlanishidan qa’tiy 
nazar, u juda tartibli saqlanadi. Barcha ma’lumotlar sistemalashtirilgan, javonlarga 
ajratilgan. Kvadrat zarur informatsiyani shu zahotiyoq bera oladi. Shuning uchun 
kvadratlarni haqli ravishda erudit (juda bo’lmaganda o’z sohasida) deb 
hisoblashadi. Fikriy tahlil-kvadratlarning eng kuchli tomondir. Agar siz o’zingiz 
uchun to’g’ri chiziqli shakl bo’lmish kvadratni qat’iy tanlagan bo’lsangiz, demak 
shu narsa aniqqi, siz ”chap yarim sharli” fikrlovchilar tipiga kirasiz. Kvadratlar 
natijani tahmin qilishdan, ko’proq hisoblab chiqadilar. Ular fikrlash zanjirida 
bironta xalqani tashlab ketmaydilar. Kvadratlar mayda ikir-chikirlarga haddan 
tashqari e’tiborlidirlar. Aynan kvadratlar boshqa shakl egalari bergan buyuk fikrlar, 
proyektlar va rejalarning barcha konkret detallarini ishlab chiqadilar.
Kvadratlar o’zgarmas tartibni yaxshi ko’radilar: har bir narsa o’z joyida bo’lishi 
va o’z vaqtida amalga oshishi zarur. Kvadrat ”stoldagi tartibsizlik-miyadagi 
tartibsizlikdir” degan maqolga chin dildan ishonadilar. Kvadratning ideali – 
rejalashtirilgan , oldindan aytish mumkin bo’lgan hayotdir, unga turli ”syurprizlar” 
va voqealarnng borishi odatining buzulishi yoqmaydiu doimo odamlarni va 
narsalarni o’z atrofida ”tartiblashtiradi” va tashkil etadi. Ushbu barcha sifatlar 
shunga olib keladiki, kvadratlar juda yaxshi adminstrator bo’lishlari mumkin va 
bo’ladilar ham, lekin kamdan-kam hollarda yaxshi rahbar, menejer bo’lishadi. 
Tabiiyki, yuqorida ko’rsatilgan barcha ustunliklar undagi ojiz tomonlar bilan 
yonma-yon yuradi. Ikir-chikirlarga haddan tashqari berilganlik, qaror qabul 
qilishga qo’shimcha, aniqlovchi informatsiga ehtiyoj ularni tezkorlikdan mahrum 
etadilar. Saranjom-sarishtali, tartib-qoida va odatlarga rioya qilish haddan tashqari 
ortiqcha bo’lib ketishi mumkin. Qachonki, qaror qabul qilish vaqti kelsa, ayniqsa 
bu qaror tavakkilchilik bilan yoki o’z obro’siga putur yetkazishi bog’liq bo’lsa, 
kvadrat xoxlab yoki xoxlamay bu qarorni qabul qilish muddatini cho’zaveradi. 
Bundan tashqari, ratsionallik, hissiy quruqlik va sovuqlik kvadratga turli ayniqsa 
yoqmaydigan shaxslar bilan aloqaga kirishishiga xalaqit beradi, bu narsa esda 
odamlarni boshqarishda muvaffaqiyatga erishishda xalaqit beradi. Kvadrat amorf
ya’ni ”chap qo’l nima qilayotganining o’ng qo’li bilmaydigan” holatda samarasiz 
harakat qiladi. Ammo yaxshi tashkillashtirilgan, ijro muddatlari belgilangan, 
ma’lumotlar va asbob-uskunalardan foydalanish aniq bo’lgan, aniq talablar 
shakllantirilgan va harakatning aniq ko’rsatmalari berilgan sharoitlarda kvadrat 
qolgan shakllardan ustun bo’ladi.


Download 474.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling