1-Laborotoriya ishi Mavzu: Klimovning Differensial-dignostik so’rovnomasi. Maqsadi
Download 474.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Labaratoriya Eksperimental
DDS «Men ma’qul ko‘raman» 1a. Hayvonlarga qarash (ularni boqish, parvarish qilish). Yoki 1b. Mashina va uning qismlariga xizmat ko‘rsatish (ularni kuzatib turish, boshqarish). 2a. Bemor kishilarga yordam berish ularni davolash. Yoki 2b. Jadvallar, sxemalar, hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzish. 3a. Kitob bezaklari, plakatlar, badiiy otkritkalar, audiodisklar sifatini kuzatib borish. Yoki 3b. O‘simliklar holati, o‘sishini kuzatish. 4a. Materiallarni (yog‘och, gazlama, metall, plastmassa va h.k.) qayta ishlash. Yoki 4b. Mahsulotlarni iste’molchilarga etkazish (reklama qilish, sotish). 5a. Ilmiy-ommabop kitob, maqolalarni muhokama qilish. Yoki 5b. Badiiy kitoblarni (yoki pessa, konsertlarni) muhokama qilish. 6a. Biron-bir zotli (porodali) hayvonni boqish, parvarish qilish. Yoki 6b. O‘rtoqlaringiz yoki o‘zingizdan kichik bolalarni biron-bir faoliyat (mehnat, o‘qish, sport) bilan shug‘ullantirish. 7a. Rasm, tasvirlardan nusxalar ko‘chirish yoki musiqa asboblarini sozlash, tuzatish. Yoki 7b. Biron-bir yuk tashuvchi (ko‘taruvchi) vositalarni (kran, traktor, teplovoz va boshqa) boshqarish. 8a. Odamlarga (ma’lumot byurolarida, sayohatlarida va b.q.) kerakli ma’lumotlarni berish, tushuntirish. Yoki 8b. Ko‘rgazmalarni, peshtaxtalarni bezashda (yoki pessa, konsertlarni tayyorlashda) ishtirok etish. 9a. Buyumlar, narsalar (kiyim, texnika)ni, uy-joyni ta’mirlash, tuzatish. Yoki 9b. Jadvallar, tekstlar, rasmlardan xatolarni qidirib topish va tuzatish. 10a. Hayvonlarni davolash. Yoki 10b. Hisob-kitob ishlarini bajarish. 11a. O‘simliklarning yangi navlarini yaratish. Yoki 11b. Sanoat mahsulotlari (mashinalar, kiyimlar, bino, oziq-ovqat mahsulotlari va boshq.)ning yangi turlarini loyihalashtirish, yaratish. 12a. Odamlar o‘rtasidagi nizo, janjallarni hal qilish (ishontirish, tushuntirish, rag‘batlantirish). Yoki 12b. CHizmalar, sxemalar, jadvallarni o‘rganish (tekshirish, aniqlash, tartibga keltirish). 13a. Badiiy havaskorlik to‘garaklari ishlarini o‘rganish, kuzatish. Yoki 13b. Mikroblar hayotini o‘rganish. 14a. Tibbiyot asbob-uskunalarini ishlatish, ularga xizmat ko‘rsatish. Yoki 14b. Odamlarga yaralanganda, shikastlanganda, kuyganda va shu kabilarda tibbiy yordam ko‘rsatish. 15a. Kuzatilayotgan, voqealar, hodisalar o‘lchanayotgan ob’ektlar va boshqalar haqida aniq hisobotlar yozib borish. Yoki 15b. Voqealar (kuzatilayotgan yoki tasavvur qilingan)ni badiiy ifodalash. 16a. Kasalxonada laboratoriya analizlarini qilish. Yoki 16b. Bemorlarni qabul qilish, ularni tekshirish, ular bilan suhbatlashish va ularni davolashga yo‘llash. 17a. Xona devorlarini, narsalar sirtini bo‘yash va bezash. Yoki 17b. Binolarni ta’mirlash yoki mashina qismlarini yig‘ish. 18a. Tengdoshlaringiz yoki kichik yoshdagi bolalarning (teatr, muzeylarga madaniy sayohatlarini, ekskursiyalarini va boshq.) tashkil etish. Yoki 18b. Sahnada o‘ynash, konsertlarda ishtirok etish. 19a. CHizmalar bo‘yicha detallarni buyumlar (mashina kiyimlar)ni tayyorlash, yoki 19b. CHizmachilik bilan shug‘ullanish, chizmalar, kartalardan nushalar ko‘chirish. binolarni qurish. 20a. O‘simliklar kasalliklari va bog‘-o‘rmon zararkunandalariga qarshi kurashish. Yoki 20b. Klavishli mashinalarda (yozuv mashinkasi, teletayp va boshqalar)da ishlash. Differensial-diagnostik so‘rov javob varaqasi Download 474.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling