1-Laborotoriya ishi Mavzu: Klimovning Differensial-dignostik so’rovnomasi. Maqsadi


Download 474.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana06.04.2023
Hajmi474.65 Kb.
#1333318
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Labaratoriya Eksperimental

 
To’g’ri to’rtburchak, sizlar uchun hozir o’qiydigan narsangiz kutilmagan 
hodisa bo’lmasa kerak. Shundoq ham siz o’zingiz haqingizda hamma narsani 
bilasiz.
Gap shundaki, to’g’rito’rtburchak o’tish va o’zgarish holatini aks ettiradi. 
Bu aytish mumkinki, shaxsning vaqtinchalik shakli bo’lib, qolgan to’rtta nisbatan 
turg’un shakllar hayotning ma’lum bir davrida bu shaklni o’ziga kiyib yurishi 
mumkin. Bular hozirgi kunda o’zlari kechirayotgan hayot tarzidan qoniqmayotgan, 
shuning uchun ham yaxshi holatni izlash bilan band bo’lgan odamlardir. Ehtimol, 
sizlardan 
kimdir 
yaqindagina 
kasbiy 
statusi 
o’zgarishini 
boshidan 
kechirgandir(moslashuv talab qilinadigan holatlar: yangi ishga o’tish, lavozimda 
ko’tarilishi yoki pasayishi) kimdir shunday o’zgarishlarni oldindan ko’rayotgan, 
sezayotgan bo’lishi mumkin. Kimningdir shaxsiy hayotida o’zgarishlar bo’lgan. 
Umuman, to’g’rito’rtburchak holatining sabablari turli-tuman bo’lishi mumkin, 
lekin ularni bir narsa birlashtiradi- o’zgarishlarning ma’lum odam uchun 
ahamiyatliligi. 
To’g’rito’rtburchakning 
asosiy 
psixik 
holati 
muammolardagi 
chalkashganlik va ayni shu paytda o’ziga nisbatan noaniqlikdir. Bu bilan parallel 
ravishda unda ichki qo’zg’alish oshib boradi va bu uning xulq-atvorida aks 
etmasdan qolmaydi.
To’g’rito’rtburchakning eng xarakterli belgilaridan biri- o’tish davri davomida 
xatti-harakatlardagi izchillikning yo’qligi va ularni oldindan bilish qiyinligidir. Siz 
to’g’rito’rtburchaklar kundan-kunga, hatto bir kunning ichida ham kuchli 
o’zgarishingiz mumkin. Bu tabiiy hol. Chunki, To’g’rito’rtburchakningo’z-o’ziga 
beradgan bahosi past bo’ladi, nimadadir yaxshiroq bo’lishga intiladilar, yangi ish 
metodlarini, hayot uslublarini izlaydilar. Agar To’g’rito’rtburchakning xulq-
atvoriga diqqat bilan razm solinsa, butun davr davomida uning goh”uchburchak”, 
goh “aylana” va hokozo shakllarning kiyimini o’ziga kiyib ko’rganligini payqash 
mumkin. To’g’rito’rtburchakning xulq-atvoridagi birdaniga, kutilmaganda va 
oldindan bilib bo’lmaydigan darajada o’zgarib turish odatda boshqa odamlarni 
uyaltiradi va xavfsiratadi, ular ongli ravishda “o’zagi yo’q” odam bilan 
muloqotdan qochishlari mumkin. Tushunarli! Kim shunday axmoqona holatga 
tushib qolishni istaydi. To’g’rito’rtburchaklar uchun boshqa odamlar bilan 
muloqotga kirishish juda zarur, o’tish davrining yana bitta murakkabligi shundan 
iborat. 
Shunday bo’lsada, boshqa odamlardagi singari To’g’rito’rtburchaklarda ham 
atrofdagilarni o’ziga jalb qiluvchi ijobiy fazilatlarni ko’rish mumkin. Bu eng, 
avvalo qiziquvchanlik va botirlik. To’g’rito’rtburchaklar oldinlari hech kim 
qilmagan ishlarni qilishga intiladilar, oldinlari hech kim so’rashga yuragi 
betlamagan narsalarni so’raydilar. Mazkur davrda yangi g’oyalar, qiymatlar
tafakkur va hayot uslublari uchun ochiqdirlar, barcha yangiliklarni osonlik bilan 


o’zlashtiradilar. To’g’ri bu jihatlarning orqa tomoni- haddan ziyod ishonish, 
ishonuvchanlik, 
soddalikning 
mavjudligidir. 
Shuning 
uchun 
ham 
To’g’rito’rtburchaklardan osonlikcha foydalanish mumkin, axloq qoidalarini 
unchalik pisand qilmaydiganlar bundan foydalanadilar ham. Agar siz haqiqatdan 
ham, To’g’rito’rtburchak shaklini olgan bo’lsangiz, ehtiyot bo’ling. Shuni bilingki, 
To’g’rito’rtburchaklik- bu bir bosqich, xolos. U albatta o’tadi. Va siz, bu davrda 
o’zlashtirilgan tajriba bilan boyib, shaxs rivojining yangi bosqichiga chiqasiz. 

Download 474.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling